Binance zararlarni qoplaş uçun 6,34 mlrd dollar ajratdi

eʼlon qilindi
$5 mlrd allaqaçon zararlangan tokenlarda saqlanmoqda
Binance zararlarni qoplaş uçun $6,34 mlrd ajratdi
Foto: IrynaBudanova/Depositphotos

Binance hodisa oqibatida zarar körgan foydalanuvçilar aktivlarini qaytarişni boşlaganini ma’lum qildi. Kompaniya ehtimoliy zararlarni töliq qoplaş uçun öz mablağlaridan $6,34 mlrd dan ortiq mablağni zaxiraga ajratgan.

Binance bayonotiga köra, zaxiraga olingan $6,34 mlrd ning $5 mlrd qismi hodisadan zarar körgan tokenlarning özida saqlanmoqda.

Kompaniya qolgan aktivlarni bozor va OTC bitimlari orqali sotib olayotganini bildirdi. Bundan maqsad har bir zarar körgan aktiv böyiça yuzaga kelişi mumkin bölgan yetişmovçilikni töliq qoplaş.

«Binance yuzaga kelgan zararlarni kompaniyaning öz mablağlari hisobidan töliq qoplaydi», — deyiladi kompaniya bayonotida.

Binance ayrim tokenlarda likvidlik pastligi va OTC bitimlari böyiça hisob-kitoblar vaqt olişi sabab jarayon ma’lum muddat davom etişi mumkinligini qayd etdi.

Qariyb $3 mlrd aktiv muzlatilgan

Binance hamkorlari yordamida hozirgaça qariyb $3 mlrdlik aktivni muzlatişga muvaffaq bölganini ma’lum qildi.

«Biz huquqni muhofaza qiluvçi organlar, emitentlar, blokçeyn-tahlil kompaniyalari va sanoatning boşqa iştirakçilari bilan mablağlarni kuzatiş, muzlatiş va qaytariş böyiça işlarni davom ettiryapmiz», — deyiladi bayonotda.

Foydalanuvçilar mablağlari Proof of Reserves orqali tasdiqlanadi

Binance tasdiqlangan har qanday yetişmovçilikni öz resurslari hisobidan qoplaşda davom etişini bildirdi.

Kompaniya aktivlarni qaytariş jarayoni böyiça yangi tasdiqlangan ma’lumotlarni e’lon qilib borişini, yakunda esa foydalanuvçilar mablağlarining saqlanişi Proof of Reserves tizimi orqali oçiq tasdiqlanişini ma’lum qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq xavfsizlik çorasi sifatida Binance depozit kiritiş va mablağ yeçib oliş operatsiyalarini vaqtinça töxtatgandi. Şuningdek, hodisaga aloqador manzillarning avtorizatsiyasi bekor qilingan. 

Shuningdek