Namanganda elektr tarmoği xodimlari $2,5 ming olayotganda uşlandi

Namangan şahrida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Energosavdo» filiali Yangi Namangan tumani bölimi boşliği va ustasi $2,5 ming olayotgan vaqtida uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
300 mln sömlik jarima bilan qörqitilgani aytilmoqda
Departamentning Namangan şahri bölimi xodimlari ötkazgan tezkor tadbirda aniqlanişiça, mansabdor şaxslar özaro til biriktirib, Gözal mahallasidagi noturar binoning elektr hisoblagiçi göyoki nosoz ekanini bildirgan.
Ular dalolatnoma rasmiylaştirilsa, fuqaro 300 mln söm jarimaga tortilişi mumkinligini aytib, hujjatni rasmiylaştirmaslik evaziga $4 ming talab etganlikda gumon qilinmoqda.
Tezkor tadbir davomida söralgan mablağning $2,5 mingi olinayotgan vaqtda ular aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Jinoyat işi qözğatildi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi – pora oliş hamda 212-moddasi – pora oliş-berişda vositaçilik qiliş bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Andijon va Farğonada noqonuniy Umra xizmatlari aniqlangani haqida yozgan edi.