Polşa davlat töntarişiga uriniş haqida xabar berdi

Polşa hukumatida Konstitutsiyaviy tribunal rahbariyati atrofidagi keskin mojaro siyosiy inqirozga aylandi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Tribunal raisi Bogdan Svençkovskiy va uning örinbosari Bartlomey Soxanskiy vakolatlari vaqtinça töxtatilgani ortidan Soxanskiy mamlakatda «davlat töntarişi sodir bölayotgani»ni aytdi.
Bu baho hukumatning rasmiy pozitsiyasi emas. Polşa hukumati esa yuz berayotgan jarayonlarni sud tizimida «qonun ustuvorligini tiklaş» bilan izohlamoqda.
Tribunal rahbariyati vakolatlari töxtatildi
30-oktabr kuni Konstitutsiyaviy tribunal sudyasi Anna Korvin-Piotrovska tribunal raisi Bogdan Svençkovskiy va uning örinbosari Bartlomey Soxanskiyning vakolatlarini bir oyga töxtatganini ma’lum qildi.
Qaror ularning parlament tomonidan saylangan tört sudyani tribunalning umumiy yiğilişida iştirok etişiga ruxsat bermagani va natijada 2027-yilgi budjet loyihasi qabul qilinmay qolganiga boğlangan. Korvin-Piotrovska eng katta iş stajiga ega sudya sifatida tribunal rahbari vazifasini öz zimmasiga olgan.
Soxanskiy «davlat töntarişi» haqida gapirdi
Vakolatlari töxtatilganidan söng Bartlomey Soxanskiy bu qarorning qonuniy asoslari unga noma’lum ekanini aytib, sud mustaqilligiga aralaşuv bölayotganini ta’kidladi.
U yuz berayotgan voqealarni «davlat töntarişi» deb atadi. Tribunalning rasmiy X akkauntida ham uşbu jarayon «qonunga xilof egallab oliş» sifatida baholandi.
Tribunal binosi oldida namoyişlar boşlandi
Qarordan söng Varşavadagi Konstitutsiyaviy tribunal binosi oldida namoyişlar boşlandi. Politsiya xavfsizlikni ta’minlaş uçun hududga kuçlar yubordi.
AP ma’lumotiga köra, ayrim namoyişçilar tösiqlardan oşib ötgan, politsiya esa uç kişini qölga olgan. Tribunal raisi Svençkovskiy ham binoga kirişga uringan, biroq politsiya uni içkariga kiritmagan.
Politsiya öz bayonotida uning vazifasi tribunal atrofida jamoat tartibini va sudyalar hamda xodimlar xavfsizligini ta’minlaş bölganini bildirdi.
Prezident Senegal safarini töxtatdi
Mojaro sabab Polşa prezidenti Karol Navrotskiy Senegalga safarini muddatidan oldin töxtatib, mamlakatga qaytdi.
31-oktabr kuni u «konstitutsiyaviy tartib buzilgani» va «davlat organi kuç bilan egallangani»ni aytdi. Prezident mamlakatdagi siyosiy vaziyatni barqarorlaştiriş uçun parlament kuçlari vakillari bilan favqulodda maslahatlaşuvlar ötkazişini ham ma’lum qildi.
Tusk hukumati boşqa pozitsiyada
Boş vazir Donald Tusk hukumati esa bu jarayonni sud tizimidagi eski muammolarni bartaraf etiş va qonun ustuvorligini tiklaş harakatlari sifatida taqdim etmoqda.
Polşada sud tizimi atrofidagi ziddiyat 2015-yildan beri davom etib keladi. Yevropa Ittifoqi avvalgi PiS hukumati davrida sudlar siyosiy ta’sir ostida qolganini tanqid qilgan edi. Tusk hukumati 2023-yildan beri uşbu tizimni isloh qilişga urinmoqda, biroq prezident va konservativ muxolifat bu özgarişlarning bir qismini noqonuniy deb hisoblamoqda.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Özbekiston va Polşa kasbiy ta’lim böyiça hamkorlikni yölga qöyayotgani haqida yozgan edi.