Qor va yomğir yoğadi: 1-noyabr uçun ob-havo prognozi

1-noyabr kuni Özbekistonning katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi. Biroq Toşkent viloyati hamda Farğona vodiysining ayrim joylarida ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin.
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida esa yomğir, baland toğlarda qor yoğişi ehtimoli bor.
Toşkent viloyatida yomğir bölişi mumkin
Toşkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo özgaruvçan böladi. Faqat Toşkent viloyatining ayrim joylarida keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin.
Harorat keçasi 5–10 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq böladi.
Janubda 25 darajagaça isiydi
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 7–12 daraja, kunduzi esa 20–25 daraja iliq bölişi prognoz qilinmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yoğingarçilik kutilmaydi. Bu hududlarda keçasi 5–10 daraja, kunduzi 18–23 daraja iliq böladi.
Farğona vodiysida ayrim joylarda yomğir
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo özgaruvçan böladi. Ayrim joylarda keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin. Harorat keçasi 5–10 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq böladi.
Qoraqalpoğiston va Xorazmda yoğingarçilik kutilmaydi
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 0–5 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq böladi.
Toğlarda qor yoğişi mumkin
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida ba’zi joylarda yomğir yoğişi, baland toğlarda esa qorga aylanişi mumkin. Harorat keçasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 3 daraja sovuqqaça, kunduzi esa 10–15 daraja iliq böladi.
Eslatib ötamiz, 31-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatilişi haqida yozgan edi.