Özbekistonda mebel işlab çiqariş 23 trln sömdan oşdi

2026-yilning yanvar – avgust oylarida Özbekistonda yirik korxonalar tomonidan 23,3 trln sömlik mebel mahsulotlari işlab çiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi. Hududlar orasida eng katta işlab çiqariş hajmi Toşkent şahriga töğri kelgan.
Toşkent şahri yetakçilik qildi
Yanvar – avgust oylarida Toşkent şahridagi yirik korxonalar tomonidan 2,7 trln sömlik mebel mahsulotlari işlab çiqarilgan. Keyingi örinlarda Samarqand va Farğona viloyatlari qayd etildi. Har ikki hududda işlab çiqariş hajmi 2,4 trln sömdan bölgan.
Toşkent viloyatida bu körsatkiç 2,3 trln sömni, Andijon viloyatida esa 2,2 trln sömni taşkil etgan.
Namangan va Qaşqadaryoda 1,9 trln sömlik mebel işlab çiqarildi
Namangan va Qaşqadaryo viloyatlarida mebel işlab çiqariş hajmi 1,9 trln sömdan qayd etilgan.
Surxondaryo viloyatida 1,5 trln sömlik, Xorazm viloyatida 1,3 trln sömlik, Buxoro viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasida esa 1,2 trln sömdan mebel mahsulotlari işlab çiqarilgan.
Nisbatan kamroq körsatkiçlar Jizzax, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida kuzatilgan. Jizzaxda işlab çiqariş hajmi 841,4 mlrd söm, Navoiyda 675,8 mlrd söm, Sirdaryoda esa 563,4 mlrd sömni taşkil qilgan.
Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, uşbu körsatkiçlar yirik korxonalar tomonidan işlab çiqarilgan mebel mahsulotlari hajmini aks ettiradi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» bozor xizmatlarining 40 foizdan ortiği Toşkent hissasiga töğri kelişi haqida yozgan edi.