Javohir Sindarov: Jahon çempionati öyini butunlay boşqa sinov

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Clutç Çess Çampions Şowdown turniridagi ğalabasi jahon çempionati uçun bölajak bahs oldidan unga qöşimça işonç berganini aytdi. Şaxmatçi musobaqadan söng Liçess naşriga bergan intervyusida turnir uning uçun alohida ahamiyatga ega bölganini ta’kidladi.
Sindarovning musobaqadagi umumiy daromadi mukofot pullari va bonuslarni qöşganda $168 mingni taşkil etdi.
«Jahon çempionati oldidan bu turnir juda muhim edi»
Sindarovning aytişiça, Clutç Çess uning jahon çempionati uçun öyin oldidan qatnaşgan sönggi turniri bölgan.
«Albatta, men xursandman. Jahon çempionati öyini oldidan bu turnir men uçun juda muhim edi. Sönggi turnirda şaxmatdan zavq olişga harakat qildim, çunki oldinda juda qiyin öyin kutayotganini bilaman. Bu yerda vaqtim juda yaxşi ötdi, partiyalarim ham yaxşi çiqdi. Natijamdan mamnunman», – dedi Sindarov.
Grossmeyster kuçli tarkibdagi turnirda ğalaba qozoniş jahon çempionati oldidan ruhiy jihatdan muhimligini tan oldi. Biroq uning fikriça, alohida turnirdagi natijalarni jahon toji uçun bahsga bevosita köçiriş töğri emas.
«Men bunday omillarga işonmayman»
Liçess boşlovçisi Sindarovga 2025-yilda amaldagi jahon çempioni Dommaraju Gukeş Clutç Çess’da oxirgi örinni egallagani, bir yil ötib esa özbekistonlik şaxmatçi uşbu musobaqada ğolib çiqqanini eslatdi.
Undan bu natijalarni bölajak jahon çempionati bahsiga işora sifatida köriş mumkinmi, deb söraldi.
«Menimça, buning heç qanday ahamiyati yöq. Men eng yaxşi yurişlarga işonaman, bunday omillarga emas. Maqsadim — jahon çempionati öyinida juda yaxşi öynaş. Keyin nima bölişini köramiz», – dedi Sindarov.
Şu bilan birga, u Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va Rameşbabu Pragnanandhaa kabi kuçli raqiblar iştirok etgan turnirda ğalaba qozoniş öziga bölgan işonçni oşirişini qayd etdi.
«Ğalaba qozoniş har doim yoqimli va öziga işonç beradi. Lekin jahon çempionati butunlay boşqa turnir va butunlay boşqa e’tibor talab qiladi», – dedi grossmeyster.
Nakamuraga qarşi partiyasini alohida ta’kidladi
Turnirning sönggi kunida Sindarov uçta partiyada ğalaba qozondi va yana uçtasini durang bilan yakunladi. Şu tariqa u peşqadam Pragnanandhaadan qolayotgan 2,5 oçkolik farqni yöqqa çiqara oldi.
Sindarov, ayniqsa, Hikaru Nakamuraga qarşi qora donalarda ötkazgan partiyasini yuqori baholadi. U Qirolning Hindiston himoyasini tanlab, raqib qiroliga qarşi keskin hujum uyuştirdi.
«Hikaruga qarşi partiyam men öynagan Qirolning Hindiston himoyasidagi eng yaxşi partiyalardan biri böldi. Vaqt nazorati qisqa bölişiga qaramay, juda yaxşi öynadim», – dedi Sindarov.
Partiya davomida özbekistonlik grossmeyster filni qurbon qildi, keyin esa hujumni davom ettiriş uçun ikki marta sifatdan voz keçdi.
Sindarov bunday murakkab kombinatsiyani tanlaganini hazil bilan izohladi:
«Agar çiroyli öynaşni boşlagan bölsangiz, çiroyli tugatişingiz kerak».
Oxirgi kun oldidan öziga bosim his qilgan
Sindarov sönggi tur oldidan şarhlovçilar Yasser Seirawan va Maurice Aşley uni turnir favoritlaridan biri deb atagan videoni Instagram’da körganini ham aytdi.
«Şunda: «Bir daqiqa, balki bugun, haqiqatan ham, juda yaxşi öynaşim kerakdir», deb öyladim», – dedi u.
Şaxmatçining dastlabki rejasi sönggi kungi barça mini-matçlarni yutiş bölgan. Ammo Karuanaga qarşi partiyalardan birida ustunlikdan foydalana olmagaç va Pragnanandhaaning natijalarini kuzatib, biroz xavotirga tuşganini tan oldi.
Sindarov Karuanaga qarşi qora donalarda ötkazgan va durang bilan tugagan partiyasini ham özining yaxşi öyinlaridan biri sifatida qayd etdi.
«Fabiga qarşi qora donalarda öynagan partiyam menga juda yoqdi. Juda yaxşi bosim qildim, lekin vaqtim tugab qoldi. Şunga qaramay, ajoyib partiya böldi», – dedi u.
Grossmeyster Pragnanandhaa ustidan murakkab holatda qozonilgan ğalabani ham turnirdagi muhim nuqtalardan biri deb atadi.
Sindarov nega bullet öynaydi
Intervyuda Sindarov Liçess platformasida tez-tez bullet, ya’ni har bir şaxmatçiga bir daqiqadan vaqt beriladigan şaxmat formatida öynaşi haqida ham gapirdi.
Uning sözlariga köra, bu unga ba’zan stressni kamaytirişga yordam beradi.
«Ba’zan biroz stressga tuşganimda, videoöyin öynaş örniga bullet öynayman. Liçess’da öynaş menga yoqadi. Maqsadim reytingimni doimiy ravişda 3300 atrofida uşlab turiş», – dedi Sindarov.
Grossmeyster bunday qisqa vaqt nazorati kuçli şaxmatçilarga kiçik taktik imkoniyatlarni tezroq körişga yordam berişini ta’kidladi.
Biroq u bullet formatini boşlovçi va örta darajadagi şaxmatçilarga tavsiya qilmasligini aytdi.
«Kuçli şaxmatçiga aylanganingizdan keyin bu format kiçik taktik imkoniyatlarni tez aniqlaşga yordam beradi», – dedi u.
Avvalroq «Kursiv» Bibisora Assaubayevaning onasi Sindarov bilan ehtimoliy töy haqidagi xabarlarga munosabat bildirgani haqida yozgan edi.