«Navoiyuran» daromadi 114 foizga oşib, $795 mlnga yetdi

«Navoiyuran» davlat korxonasining 2026-yil birinçi yarmidagi daromadi ötgan yilning şu davridagiga nisbatan 114 foizga oşib, qariyb $795 mlnni taşkil etdi. Kompaniyaning sof foydasi esa 138 foizga ösib, $348 mlnga yetdi. Bu haqda «Navoiyuran»ning 2026-yilning dastlabki olti oyi böyiça moliyaviy hisobotida ma’lum qilindi.
Kompaniya moliyaviy natijalarning yaxşilanişini tabiiy uran savdosi hajmining köpayişi va uranning örtaça realizatsiya narxi oşgani bilan izohladi.
Sof foyda 2,4 baravarga oşdi
2025-yilning birinçi yarmida «Navoiyuran» daromadi $371 mln ni taşkil etgan bölsa, 2026-yilning şu davrida körsatkiç qariyb $795 mln ga yetgan. Yalpi foyda 110 foizga oşib, $448,5 mln, operatsion foyda esa 133 foizga köpayib, $422,2 mln ni taşkil etdi.
Sof foyda $146,2 mln dan $348 mlnga yetdi. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 138 foizlik ösişni anglatadi. Operatsion faoliyatdan tuşgan sof pul oqimi 57,7 foizga oşib, $293,7 mln ni taşkil etdi.
Kompaniyaning EBITDA körsatkiçi ham sezilarli ösib, $200,7 mln dan $477,2 mln ga yetgan.
Uran narxi 25 foizga oşdi
Hisobotga köra, «Navoiyuran» sotgan uranning örtaça realizatsiya narxi bir yil içida 25 foizga oşgan. 2025-yilning birinçi yarmida bir funt U₃O₈ uçun örtaça narx $68,71 bölgan bölsa, 2026-yilda u $86,06 ga yetgan.
Kompaniyaning bir funt U₃O₈ işlab çiqariş böyiça umumiy pul xarajatlari $14,70, barça qöllab-quvvatlovçi xarajatlarni hisobga olgan AISC körsatkiçi esa $31,97 ni taşkil etgan.
«Navoiyuran» bu körsatkiçlar kompaniyaning jahon bozoridagi past tannarxli uran işlab çiqaruvçilardan biri sifatidagi mavqeyini saqlab qolayotganini qayd etdi.
Investitsiyalar $263 mlndan oşdi
2026-yilning birinçi yarmida kompaniyaning kapital xarajatlari $263,3 mlnni taşkil etdi.
Şundan $135,4 mln konlarni rivojlantirişga, $93,4 mln asosiy vositalar va uskunalar xaridiga, yana $34,5 mln geologik qidiruv va baholaş işlariga yönaltirilgan.
Kompaniya uşbu investitsiyalar işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş, mineral-resurs bazasini mustahkamlaş va yangi konlarni özlaştirişga qaratilganini bildirdi.
Qizilqumda yangi uran koni işga tuşirildi
2026-yil aprelida «Navoiyuran» Navoiy viloyatidagi «Qizilqöq» konida tabiiy uranni sanoat miqyosida qazib olişni boşladi.
Kompaniya ma’lumotiga köra, bu «Navoiyuran» portfelidagi uçinçi yirik kon hisoblanadi. Uning yillik işlab çiqariş quvvati 1,2 ming tonna, foydalaniş muddati esa taxminan 15 yil deb baholanmoqda.
Kon kislorod asosidagi yer ostida eritmaga ötkaziş texnologiyasi yordamida özlaştirilmoqda. Şuningdek, kompaniya Arnasoy va Jengeldi konlarini rivojlantiriş işlarini ham davom ettirmoqda.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri S&P «Navoiyuran» kredit reytingini «BB» darajasiga oşirgani haqida yozgan edi.