Efiopiya boş vaziri vazirlarni harbiy tayyorgarlikdan ötkazdi

Efiopiya boş vaziri Abiy Ahmed hukumat vazirlari va boşqa yuqori lavozimli amaldorlarni harbiy tayyorgarlikka jalb qildi. Boş vazirning aytişiça, harbiy intizom kuçli rahbarlarni şakllantiriş va mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilişi mumkin.
Maşğulotlar Hurso harbiy tayyorgarlik markazida ötkazilmoqda. Abiy Ahmed ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan suratlarda uning vazirlar, vazir örinbosarlari va davlat muassasalari rahbarlari bilan birga harbiy maşqlarda qatnaşayotgani körinadi.
Vazirlar ham maşğulotda qatnaşdi
Harbiy tayyorgarlikka Federatsiya palatasi spikeri Muferiat Kamil, moliya vaziri Fitsum Assefa va soğliqni saqlaş vaziri Mekdes Daba ham jalb qilingan.
Maşğulotlar qaçon boşlangani va qança davom etişi hozirça ma’lum emas.
Efiopiyada fuqarolik hukumatining yuqori lavozimli vakillari harbiy tayyorgarlikdan ötişi kam uçraydigan holat hisoblanadi.
«Harbiylarda nişon, fuqarolarda maqsad bor»
Abiy Ahmedning ta’kidlaşiça, Efiopiyaning umumiy farovonlikka erişiş maqsadi rahbarlardan jismoniy tayyorgarlik, kuçli axloqiy fazilat va intellektual salohiyatni talab qiladi.
U harbiy tizim intizom, vatanparvarlik, jamoaviy işlaş, javobgarlik va yetakçilik böyiça muhim tajriba berişini qayd etdi.
«Harbiylarda nişon bor, fuqarolarda esa maqsad. Har ikkisining yakuniy vazifasi — ğalaba», – dedi boş vazir.
Uning fikriça, harbiy va fuqarolik intizomini birlaştiriş mas’uliyatli va umumiy maqsad yölida işlay oladigan yangi avlod rahbarlarini şakllantirişga yordam beradi.
Maşğulotlar xavfsizlik bilan boğliq keskinlik fonida ötmoqda
Harbiy tayyorgarlik Efiopiyada xavfsizlik bilan boğliq muammolar davom etayotgan bir paytda taşkil qilindi.
Mamlakat şimolidagi Tigray hududining ayrim qismlarida töqnaşuvlar davom etmoqda. Amhara hududida ham qurolli mojaro saqlanib qolgan, Oromiyada esa xavfsizlik bilan boğliq muammolar mavjud. BBC World Service oktabr oyida Efiopiyadagi mojarolar mintaqadagi keskinlikni kuçaytirayotgani haqida ham xabar bergan.
Bundan taşqari, Efiopiya va qöşni Eritreya örtasidagi munosabatlarda ham keskinlik kuçaygan.
Abiy Ahmed avval ham harbiy tayyorgarlik va milliy taraqqiyotni hukumat siyosatining muhim yönalişlari sifatida ta’kidlab kelgan.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Janubiy Afrikadagi ikki otişmada 27 kişi halok bölgani haqida yozgan edi.