2026-yilda dividendlar: qaysi kompaniyalar köproq tölamoqda

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Dividend tölovlari ösgani har doim ham aksiyalarning bozor narxiga nisbatan daromadliligi oşganini anglatmaydi
Foto: depositphotos.com

Özbekiston respublika tovar-xom aşyo birjasi (ÖzRTXB) dividendlarni ikki baravardan ziyod, «Özbektelekom» esa qariyb beş baravar oşirdi. Ayrim banklar esa hozirça foydani aksiyadorlar örtasida taqsimlamadi. Biroq dividendlar köpayişi investorlar uçun daromadlilik ham oşganini anglatmaydi. Çunki sönggi bir yilda köpchilik aksiyalarning narxi sezilarli darajada qimmatlaşdi. Kursiv Uzbekistan 14 ta kompaniyaning dividend tölaş böyiça qarorlarini örganib, ularni ötgan yilgi körsatkiçlar bilan taqqosladi hamda qaysi aksiyalar bozor narxiga nisbatan eng yuqori daromad keltirişini aniqladi.

Şu bilan birga, dividend mavsumi hali yakunlangani yöq. Kompaniyalar 2026-yil oxiriga qadar yana dividend tölaş haqida qaror qabul qilişi mumkin.

Daromadlilikni hisoblaşda 2026-yil 28-oktabr holatiga köra birjadagi aksiya narxlaridan foydalanildi. Aksariyat kompaniyalar dividendlarni 2025-yilgi faoliyati yakunlari böyiça taqsimlagan.

Moliya sektori: kim dividendlarni köpaytirdi?

Foydani taqsimlaş böyiça eng yirik qarorlardan birini «Ipoteka-bank» qabul qildi. 8-iyundagi rasmiy ma’lumotga köra, bank dividendlar uçun 943,25 mlrd söm ajratdi. Şundan 941,24 mlrd söm oddiy aksiyalar egalariga, yana 2,01 mlrd söm esa imtiyozli aksiyalar egalariga möljallangan.

Har bir oddiy aksiya (IPTB) uçun 0,225 söm, imtiyozli aksiya (IPTBP) uçun esa 0,25 söm dividend hisoblangan. Birjadagi narxlar mos ravişda 5,28 va 8,7 söm ekanini inobatga olsak, dividend daromadliligi 4,26 va 2,87 foizni taşkil etadi.

2025-yilga nisbatan bankning yondaşuvi özgardi. Ötgan yili dividendlar faqat imtiyozli aksiyalar böyiça tölaşga möljallangan bölsa, bu yil har ikki turdagi aksiyalarga dividend hisoblandi.

«Özbekinvest» suğurta kompaniyasi oddiy aksiyalar (UZIN) böyiça dividendlarni 77,19 sömdan 98,5 sömga oşirdi. Bu 27,6 foizlik ösishni anglatadi. Imtiyozli aksiyalar (UZINP) egalariga esa ötgan yilgidek har bir aksiya uçun 240 sömdan dividend hisoblangan.

Dividendlarning umumiy hajmi 31,89 mlrd sömni taşkil etdi. Kompaniya ularni töliq tölab bölgani haqida ham hisobot berdi.

Biroq imtiyozli aksiyalarning dividend daromadliligi sezilarli pasaydi. Agar 2025-yil sentabrida bu körsatkiç taxminan 18 foizni taşkil etgan bölsa, hozir 7,4 foizga teng. Bunga aksiyalarning bozor narxi oşgani sabab bölgan. Ya’ni dividend miqdori 240 sömligiça qolgan bölsa-da, investor endilikda bitta aksiyani sotib oliş uçun ança köproq pul sarflaşiga töğri keladi.

Universal bank ham dividendlarni köpaytirdi. 2025-yilda oddiy aksiyalar (UNVB) egalariga har bir aksiya uçun 400 sömdan tölangan bölsa, 2026-yilda bu körsatkiç 500 sömga yetdi. Ösiş 25 foizni taşkil etdi.

Aksiya narxi 8 314 söm bölganda dividend daromadliligi 6,01 foizga yetadi. Hisoblangan dividendlarning umumiy hajmi esa 50 mlrd sömni taşkil etadi.

Nega SQB oddiy aksiyalar böyiça dividend tölamadi?

Bu borada «Özsanoatqurilişbank» (SQB) qarori ajralib turadi. Bank 2025-yil yakunlari böyiça faqat imtiyozli aksiyalar (SQBNP) uçun dividend tölaşni tasdiqladi. Har bir aksiya uçun 3,8 sömdan ajratilib, tölovlarning umumiy hajmi 1,4 mlrd sömni taşkil etdi.

Bir yil avval imtiyozli aksiyalar böyiça dividend 4,37 sömni taşkil etgan. Demak, tölov miqdori 13 foizga kamaygan. Aksiyaning bozor narxi 89 söm ekanini hisobga olsak, dividend daromadliligi 4,27 foizga teng.

Oddiy aksiyalar (SQBN) böyiça esa ötgan yilgidek dividend tölaş nazarda tutilmagan. Vaholanki, bank 2025-yilni qariyb 1,9 trln sömlik sof foyda bilan yakunlagan.

Özbekiston Milliy investitsiya fondi aktivlarini boşqarayotgan Franklin Templeton kompaniyasi vakillari bu qarorni bankni IPO yoki xususiylaştirişga tayyorlaş uçun kapitalni mustahkamlaş zarurati bilan izohlagan.

Xususiy banklarning ham barchasi foydani aksiyadorlar örtasida taqsimlaşga şoşilayotgani yöq. Hamkorbank kuzatuv kengaşi oddiy aksiyalar uçun 0,6 sömdan, imtiyozli aksiyalar uçun esa 1,25 sömdan dividend hisoblaşni tavsiya qilgan. Biroq 25-iyundagi aksiyadorlar umumiy yiğilişida bu masalani körib çiqiş keyinga qoldirilgan. 2025-yilda har ikki turdagi aksiya uçun 1,25 sömdan dividend tölangan edi.

«Ipak Yöli» banki ham dividendlarni sezilarli darajada oşirişi mumkin. Agar 2025-yilda oddiy (IPKY) va imtiyozli (IPKYP) aksiyalarning har biri uçun 1,52 sömdan dividend tölangan bölsa, 2026-yil oktabrida kuzatuv kengaşi har ikki turdagi aksiya uçun 3,43 sömdan tölaşni tavsiya qildi. Bu ötgan yilgi körsatkiçdan 125,7 foiz köp.

E’tiborlisi, avgust oyida kuzatuv kengaşi foydani dividendlarga taqsimlamaslikni taklif qilgan edi. Biroq 16-oktabrda bu tavsiyasini özgartirdi. Masalaga 2026-yil 16-noyabrda ötkaziladigan aksiyadorlar yiğilişida oydinlik kiritilişi mumkin.

Bankning e’loniga köra, yiğilişda 2025-yilgi sof foydani taqsimlaş tartibi tasdiqlanişi kerak. Unda 10-noyabr holatiga köra aksiyadorlar reyestriga kiritilgan şaxslar qatnaşa oladi.

Trastbank: dividendlar 60 foizga ösdi

Trastbank 2026-yilda foydani taqsimlaş yuzasidan ikkita alohida qaror qabul qildi. Fevral oyida bank oddiy aksiyalar (TRSB) egalariga har bir aksiya uçun 192 sömdan dividend hisobladi. 2025-yilda bu körsatkiç 120 söm edi. Şunday qilib, dividend miqdori 60 foizga oşdi.

Hisoblangan dividendlarning umumiy hajmi 192,04 mlrd sömni taşkil etdi. Aprel oyida bank tölovlar töliq amalga oşirilgani haqida hisobot berdi.

May oyida aksiyadorlar yana bir qarorni tasdiqladi. Unga köra, imtiyozli aksiyalar (TRSBP) uçun har bir qimmatli qoğozga 1 ming sömdan dividend ajratildi. Bu maqsadga 23 mln söm yönaltirildi.

Biroq dividend daromadliligi unçalik yuqori bölmadi. Oddiy aksiyalar narxi 8 955 söm bölganda daromadlilik 2,14 foizni taşkil etadi. Imtiyozli aksiyalar böyiça esa sönğgi mavjud narx 130 ming söm bölganida bu körsatkiç atigi 0,77 foizga teng.

Birja dividendlarni ikki baravardan ziyod oşirdi

2026-yildagi eng sezilarli özgarişlardan biri Özbekiston respublika tovar-xom aşyo birjasi (ÖzRTXB) dividendlarida kuzatildi.

Birja 2025-yil yakunlari böyiça dividendlar uçun 292,34 mlrd söm yönaltirdi. Bir yil avval bu körsatkiç 143,17 mlrd söm edi.

Har bir aksiya (URTS) uçun dividend 382 sömdan 780 sömga, ya’ni 104,2 foizga oşdi. Şu bilan birga, kompaniya 2025-yilgi sof foydasining 85,1 foizini aksiyadorlar örtasida taqsimlaşga qaror qildi. Oldingi davrda bu körsatkiç 44,8 foizni taşkil etgan.

Biroq har bir aksiya uçun dividend miqdori ikki baravardan ziyod oşganiga qaramay, dividend daromadliligi ötgan yilgi 10,74 foizdan 6,50 foizga tuşdi. 28-oktabr holatiga köra, bir dona aksiya 11 998 söm turgan.

Demak, dividend miqdori jihatidan birja aksiyalari jozibadorligiça qolgan bölsa-da, ularning qimmatlaşişi yangi xaridorlar uçun daromadlilik körsatkiçini sezilarli özgartirdi.

Çilonzor buyum savdo kompleksida ham oxşaş vaziyat kuzatildi. Kompaniya taqsimlanişi mumkin bölgan foydaning yarmini – 25,89 mlrd sömni dividendlarga yönaltirişga qaror qildi. Biroq oddiy aksiyalar (CBSK) böyiça tölov miqdori 0,35 sömdan 0,29 sömga, ya’ni 17,1 foizga kamaydi.

Aksiya narxi 3,8 söm bölganda dividend daromadliligi 7,63 foizni taşkil etadi. Bu tadqiqot doirasida körib çiqilgan birja kotirovkalari mavjud aksiyalar orasidagi eng yuqori körsatkiçdir.

«Özmetkombinat» oddiy aksiyalar uçun ham dividend hisobladi

«Özmetkombinat»ning dividend siyosatida ham muhim özgarişlar yuz berdi.

2025-yilda kompaniya pul şaklidagi dividendlarni faqat imtiyozli aksiyalar (UZMKP) böyiça, har biriga 300 sömdan tölagan edi. 2026-yilda bu miqdor özgarmadi, biroq aksiyadorlar oddiy aksiyalar (UZMK) uçun ham 378,17 sömdan dividend tölaşni tasdiqladi.

Kompaniya aksiyadorlarga pul şaklida 20,23 mlrd söm ajratdi. Yana qariyb 249,63 mlrd söm davlat qaroriga muvofiq dividendlarni kapitallaştiriş uçun möljallangan.

Oddiy aksiyalarning bozor narxi 8 579 söm bölganda dividend daromadliligi 4,41 foizni taşkil etadi. Imtiyozli aksiyalar narxi 4 090 söm ekanini hisobga olsak, ular böyiça daromadlilik 7,33 foizga yetadi.

Taqqoslaş uçun, ötgan yili imtiyozli aksiyalarning dividend daromadliligi 15 foiz atrofida baholangan edi. Demak, dividend miqdori özgarmagan bölsa-da, aksiyalar qimmatlaşgani sababli daromadlilik qariyb ikki baravar kamaydi.

Neft-gaz va aloqa sohasi

Tadqiqotda körib çiqilgan kompaniyalar orasida 2026-yilda eng köp dividend «Özbekneftgaz» tomonidan hisoblangan.

Rasmiy ma’lumotga köra, kompaniya 17-sentabrda oddiy aksiyalar (UZNG) uçun 28,1 sömdan, imtiyozli aksiyalar (UZNGP) uçun esa 125 sömdan dividend tölaşni tasdiqlagan. Kursiv Uzbekistan hisob-kitoblariga köra, hisoblangan dividendlarning umumiy hajmi qariyb 1,3 trln sömni taşkil etdi.

2025-yilning mos davriga nisbatan oddiy aksiyalar böyiça dividendlar 3,6 baravar oşgan. Ötgan yil oktabr oyi oxirigacha kompaniya dividend tölaş haqida faqat bitta – 15-apreldagi qarorni qabul qilgan edi. Unga köra, oddiy aksiyalar uçun 7,71 sömdan, imtiyozli aksiyalar uçun esa 125 sömdan dividend belgilangan.

Biroq 2025-yil 1-dekabrda «Özbekneftgaz» qöşimça dividendlar tölaşni tasdiqladi. Bu qarorga asosan oddiy aksiyalar uçun yana 32,65 sömdan, imtiyozli aksiyalar uçun esa 125 sömdan dividend hisoblangan.

Şunday qilib, ötgan yil davomida oddiy aksiyalar uçun jami 40,36 söm, imtiyozli aksiyalar uçun esa 250 söm dividend ajratilgan.

Demak, 2026-yildagi hozirgi dividendlar miqdori ötgan yilning yakuniy körsatkiçlaridan past. Biroq bu yil dividendlar kamaydi, degan xulosaga kelişga hali erta. Çunki 2026-yil yakuniga qadar ikki oy bor va kompaniya bu vaqt davomida foydani taqsimlaş yuzasidan yangi qarorlar qabul qilişi mumkin.

2026-yilda hisoblangan dividendlar böyiça imtiyozli aksiyalarning daromadliligi 28-oktabrdagi 5 120,01 sömlik bozor narxiga nisbatan 2,44 foizni taşkil etadi. Sentabrdagi qaror asosida dividendlar 15-noyabrgaça tölanishi belgilangan.

«Özbektelekom» oddiy aksiyalar böyiça dividendlarning ösiş sur’ati jihatidan yetakçilardan biriga aylandi.

2025-yilda har bir aksiya (UZTL) uçun 76,3 sömdan dividend tölangan bölsa, 2026-yilda bu miqdor 372,57 sömga yetdi. Ösiş 388,3 foizni, ya’ni qariyb 4,9 baravarni taşkil etdi.

Imtiyozli aksiyalar (UZTLP) böyiça esa dividend miqdori özgarmadi – har bir aksiya uçun 288,5 söm.

Dividendlarning umumiy hajmi 313,42 mlrd sömni taşkil etdi. Kompaniyaning 42-sonli muhim fakt böyiça oşkor qilgan ma’lumotiga köra, uşbu mablağlar töliq tölangan.

Biroq oddiy aksiyaning narxi 20 980 söm bölganda dividend daromadliligi atigi 1,78 foizni, imtiyozli aksiyalar böyiça esa 2,28 foizni taşkil etadi. Ya’ni dividendlarning keskin köpayişi aksiyalar narxining sezilarli ösişi bilan birga keçgan.

«Öztemiryölkonteyner»da esa, aksinça, dividendlar kamaydi. 2025-yilda oddiy aksiyalar (UTYK) uçun 20 754,71 sömdan dividend hisoblangan bölsa, 2026-yilda bu körsatkiç 10 594,21 sömni taşkil etdi. Kamayiş qariyb 49 foizga teng.

Har bir aksiya uçun tölanadigan dividend miqdori tadqiqotdagi eng yuqori körsatkiçlardan biri bölib qolayotganiga qaramay, aksiyaning 450 ming sömlik bozor narxiga nisbatan daromadliligi atigi 2,35 foizni taşkil etadi.

UzAuto Motors: 2025-yildagi rekorddan keyin dividendlar kamaydi

Avtomobil işlab çiqaruvçi UzAuto Motors 2025-yilda dividendlarni taqsimlaş böyiça üç marta qaror qabul qilgan.

Yanvar oyida oddiy aksiyalar (UZMT) uçun 975 sömdan dividend hisoblangan bölsa, iyulda bu körsatkiç 522 sömni taşkil etgan.

Keyinroq kuzatuv kengaşi aksiyadorlarga har bir aksiya uçun yana 4 642 sömdan dividend tölaşni tavsiya qildi. 24-noyabrda ötkazilgan navbatdan taşqari yiğilişda aksiyadorlar bu tavsiyani tasdiqlab, dividendlarga 1,26 trln söm ajratdi.

Şunday qilib, 2025-yil davomida har bir aksiya uçun jami 6 139 söm dividend hisoblangan. Tölovlarning umumiy hajmi esa qariyb 1,66 trln sömga yetgan.

2026-yilda kompaniya hozirça bitta qaror qabul qildi. Unga köra, oddiy aksiyalarning har biri uçun 187 sömdan dividend tölaş belgilandi. Bu jami 50,64 mlrd söm atrofidagi dividend hisoblanishini anglatadi.

28-oktabr holatiga köra, aksiyaning birjadagi narxi 52 211 söm bölgan. Şundan kelib çiqib, dividend daromadliligi atigi 0,36 foizni taşkil etadi.

Agar bir xil davrlar, ya’ni yanvardan oktabrgaça bölgan muddat taqqoslansa, har bir aksiya uçun hisoblangan dividendlar 1 497 sömdan 187 sömga tuşgan. Bu 87,5 foizlik kamayiş demakdir. Biroq hozirdanoq buni 2026-yilning yakuniy natijasi deb baholaş notöğri.

Çunki ötgan yili kompaniya eng yirik dividend tölaş haqidagi qarorni faqat 24-noyabrda tasdiqlagan edi. Şunday ekan, UzAuto Motors bu yil oxirigaça ham foydani taqsimlaş yuzasidan qöşimça qarorlar qabul qilişi mumkin. Ammo hozirça bunday rejalar rasman tasdiqlanmagan.

Dividendlar köpaygan kompaniyalarda ham daromadlilik pasaydi

2026-yilgi dividend mavsumining eng muhim xususiyatlaridan biri şundaki, pul şaklidagi tölovlarning köpayişi har doim ham aksiyalarning bozor qiymatiga nisbatan daromadlilik oşişiga olib kelmadi.

2025-yilda «Özbekinvest»ning imtiyozli aksiyalari bozor narxiga nisbatan qariyb 18 foiz, «Özmetkombinat»niki 15 foiz, Çilonzor savdo majmuasi aksiyalari esa deyarli 14 foiz dividend daromadliligini ta’minlagan edi. 2026-yilda bu körsatkiçlar mos ravişda 7,38, 7,33 va 7,63 foizni taşkil etdi.

Hatto dividend miqdorini ikki baravardan ziyod oşirgan ÖzRTXB aksiyalarining ham hozirgi bozor narxiga nisbatan daromadliligi ötgan yilgi 10,7 foizdan 6,5 foizga tuşdi.

Bunga aksiyalarning birjadagi narxi özgargani sabab bölgan. Masalan, aksiyalarni bir yil avval arzonroq sotib olgan investor uçun dividend daromadliligi yuqoriroq bölişi mumkin. Çunki u aksiya uçun hozirgi xaridorga qaraganda kamroq pul sarflagan.

Şu bilan birga, investorning daromadi faqat dividendlardan iborat emas. Aksiya narxi oşsa, uni qimmatroqqa sotib qöşimça daromad oliş mumkin. Aksinça, narx pasaysa, dividend olinganiga qaramay, investor zarar körişi ham mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda kompaniyalar aksiyalarining dividend daromadliligini örganib çiqqan edi. Öşanda reyting yetakçilari qatoridan «Özbekinvest» va «Özmetkombinat»ning imtiyozli aksiyalari, şuningdek, Çilonzor savdo majmuasi hamda ÖzRTXB aksiyalari örin olgan edi.

Shuningdek