Mobil radarlar borligi haqidagi majburiy ogohlantiriş bekor qilindi

eʼlon qilindi
Avval mobil radarlar uçun ham belgi majburiy edi
Mobil radarlar borligi haqidagi majburiy ogohlantirish bekor qilindi
Foto: YHXX

Özbekistonda mobil radarlar örnatilgan joylarda haydovçilarni «Radar» belgisi orqali oldindan ogohlantiriş majburiyati bekor qilindi. Endi 250 – 500 metr oldin «Radar» belgisini örnatiş talabi faqat stasionar radarlarga nisbatan amal qiladi.

Özgariş Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-oktabrdagi 596-son qarori bilan kiritildi. Hujjat 30-oktabrdan kuçga kirgan.

2025-yil 15-maydagi hukumat qaroriga köra, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab tezlikni nazorat qiluvçi har qanday turdagi stasionar va mobil radarlar joylaşgan hududda «Radar» yo‘l belgisi örnatilişi majburiy edi.

Belgi radar joylaşgan hududda va undan kamida 250 metr, köp bilan 500 metr oldin örnatilişi kerak edi.

29-oktabrdagi qaror bilan bu qoida özgartirildi. Yangi tahrirda «Radar» belgisi haqidagi talabda faqat stasionar radarlar qayd etilgan. Şu tariqa mobil radar joylaşganini majburiy ravişda oldindan belgi bilan körsatiş talabi olib taşlandi.

Stasionar radarlar uçun qoida saqlanib qoladi

Stasionar radarlar örnatilgan joylarda esa tartib özgarmaydi. Bunday hududlarda «Radar» belgisi radar joyidan kamida 250 metr va köp bilan 500 metr oldin örnatilişi kerak.

Demak, yölda «Radar» belgisi yöqligi endi u yerda mobil radar bölişi mumkin emasligini anglatmaydi.

Xavfsizlik kamarini kamera orqali qayd etişga ruxsat berildi

596-son qaror bilan yana bir qoida ham özgartirildi. 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlik subyektlari örnatgan maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş vositalari orqali haydovçi va yo‘lovçilarning xavfsizlik kamaridan foydalanmasligi bilan boğliq qoidabuzarliklarni qayd etişga ruxsat berildi.

Bunday tizim haydovçining yuzi hamda xavfsizlik kamaridan foydalangan yoki foydalanmaganini sifatli tasvirda aks ettirişi kerak.

Eslatib ötamiz, avvalroq SAFE Service ijtimoiy tarmoqlarda SafeRoad ilovasi foydalanuvçilarining şaxsiy ma’lumotlari sizib çiqqani va oçiq savdoga qöyilgani haqidagi xabarlarni rad etgandi. Kompaniya tarqatilayotgan ma’lumotlarning unga aloqasi yöqligini bildirdi.

Shuningdek