544 mlrd söm ortiqça xarajat: 37 ta transport obyekti tekşirildi

eʼlon qilindi
Transport prokuraturasi sohadagi jinoyatçilik ötgan yildagiga nisbatan 15 foizga kamayganini ma’lum qildi
Yangi yil munosabati bilan Toshkent metrosi ish vaqti uzaytirildi
Foto: Transport vazirligi

Özbekistonda transport sohasidagi 37 ta obyektning loyiha-smeta hujjatlari tekşirilib, 544,2 mlrd sömlik ortiqça xarajatning oldi olindi. Bu haqda Transport prokuraturasi vakili Xulkar Mansurova ma’lum qildi.

62,7 mlrd sömlik zarar undirildi

Transport prokuraturasi ma’lumotiga köra, nazorat hududida jinoyatçilik ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 15 foizga kamaygan. Şuningdek, jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 62,7 mlrd sömlik zarar undirib berilgan.

821 ta yöl loyihasi yakunlandi

2026-yilgi «Taşabbusli budjet»ning birinçi mavsumida 945 ta yöl loyihasi ğolib deb topilgan. Ular doirasida 2,5 ming kilometrdan ortiq içki yöllarni quriş va ta’mirlaş uçun budjetdan 1,49 trln söm ajratilgan.

Hozirgi kunga qadar 821 ta obyektda quriş işlari yakunlanib, foydalanişga topşirilgan. Qolgan 124 ta obyektda esa quriş-montaj işlari davom etmoqda. Barça loyihalar böyiça loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, ekspertiza xulosalari olingan va pudratçilar aniqlangan.

Avvalroq Buxoro va Urgançda ham temir yöl vokzallari aeroportlar bilan boğlanişi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek