Migratsiyadan qaytganlar uçun yangi platforma yaratiladi

eʼlon qilindi
Platformada kasb va tajriba körsatiladi

Özbekistonda çet eldan qaytgan fuqarolarning qayerda işlagani, kasbi va mehnat staji haqidagi ma’lumotlarni jamlaydigan yangi platforma yaratiladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi mehnat migratsiyasiga bağişlangan yiğilişda ma’lum qilindi.

Yil boşidan buyon 1,1 mln kişi migratsiyadan qaytgan. Ular orasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Yaponiya va Rossiyada sanoat, quriliş, logistika, xizmat körsatish hamda qishloq xöjaligi sohalarida tajriba orttirgan mutaxassislar bor.

Mirziyoyev xorijdagi yirik sanoat korxonalarida işlab, zamonaviy texnologiya va mehnat madaniyatini özlaştirgan mutaxassislar Özbekiston korxonalari uçun katta imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Şu sabab çet eldan qaytgan fuqarolarning avvalgi iş joyi, kasbi va staji aks etadigan platforma yaratiladi. U hokimlar va tarmoq rahbarlari foydalanadigan tizimga ulanadi.

250 ming kişiga iş topiş vazifasi qöyildi

Yil yakunigaça migratsiyadan qaytgan 250 ming kişiga mos iş topiş vazifasi belgilandi. Tadbirkorlik qilişni istagan fuqarolarga esa yöl-yöriq körsatiş va zarur şaroit yaratiş topşirildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq xorijda işlayotgan bir fuqaroga töğri keladigan örtaça oylik pul ötkazmasi Farğonada $1 850 ni taşkil etayotgani haqida xabar berilgandi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent viloyatida bu körsatkiç $400 atrofida, Sirdaryoda $500, Jizzax va Navoiyda $600, Surxondaryo hamda Xorazmda esa $700 ga ham yetmaydi.

Shuningdek