Özbekistonda 1 oyda elektr işlab çiqariş 7,2 foizga oşdi

eʼlon qilindi
Bu 2025-yilning şu davridagiga nisbatan 482,6 mln kVt·soat yoki 7,2 foizga köp
Foto: Static.stacker.com

Özbekistonda 2026-yil oktabr oyida 7 mlrd 230,2 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Bu 2025-yilning şu davridagiga nisbatan 482,6 mln kVt·soat yoki 7,2 foizga köp. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Elektr işlab çiqarişda quyoş va gidroelektr stansiyalar uluşi oşdi

2026-yil oktabr oyida elektr energiyasi işlab çiqariş manbalar böyiça quyidagiça taqsimlandi:

  • Issiqlik elektr stansiyalari (IES) – 5 mlrd 449,2 mln kVt·soat, yillik ösiş 2,3 foiz;
  • Gidroelektr stansiyalar (GES) – 491,7 mln kVt·soat, ösiş 41,8 foiz;
  • Quyoş elektr stansiyalari – 729,9 mln kVt·soat, ösiş 39,2 foiz;
  • Şamol elektr stansiyalari – 459,6 mln kVt·soat, pasayiş 1,5 foiz;
  • Blok stansiyalar – 89,2 mln kVt·soat, ösiş 12,5 foiz;
  • Kiçik quvvatli quyoş panellari – 10,7 mln kVt·soat, ösiş 87,7 foiz.

Eng katta ösiş kiçik quvvatli quyoş panellari işlab çiqargan elektr energiyasida qayd etildi. GESlar va quyoş elektr stansiyalarida ham işlab çiqariş sezilarli oşgan. Şamol elektr stansiyalarida esa körsatkiç ötgan yilning şu davridagiga nisbatan kamaygan.

Avvalroq Namangan şahrida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Energosavdo» filiali Yangi Namangan tumani bölimi boşliği va ustasi $2,5 ming olayotgan vaqtida uşlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek