Toşkentda yana 17,9 km BRT yölaklari quriladi: törtta köça tanlandi

eʼlon qilindi
BRT
Ularning umumiy uzunligi 17,9 kilometrni taşkil qiladi
Magic City hududida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklar paydo bo‘ldi
Foto: Transport vazirligi

Toşkentda avtobuslarning tirbandliklarga boğliqligini kamaytiriş va jamoat transporti harakatini tezlaştiriş maqsadida yana törtta yönalişda BRT yölaklari taşkil etiladi. Ularning umumiy uzunligi 17,9 kilometrni taşkil qiladi. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaş uçun dastlabki hisob-kitoblarga köra, 6,5 mlrd söm ajratiladi. Bu haqda poytaxt hokimining qarorida aytiladi.

BRT yölaklari qaysi köçalarda quriladi

Yangi avtobus yölaklarini taşkil etiş uçun Toşkentning törtta hududidagi köçalar tanlangan. Ularning uzunligi quyidagiça:

  • Muqimiy köçasi – 4,6 km. Yölak Yaşnobod va Çilonzor tumanlari hududidan ötadi. Qoratoş va Kökça-Darvoza köçalari – 4,2 km. Uşbu qism Şayxontohur tumanida joylaşgan.
  • Parkent köçasi – 2,8 km. Yölak Mirzo Uluğbek tumanida taşkil etiladi.
  • Mirzo Uluğbek şohköçasi – 6,3 km. Bu ham Mirzo Uluğbek tumani hududidan ötadi.

Toşkent hokimligi ma’lumotlariga köra, mutaxassislar jamoat transporti yönalişlari ötadigan 150 kilometrdan ortiq yöl qismini örgangan. Tahlil natijasida dastlabki bosqiçda qariyb 18 kilometr uzunlikdagi törtta uçastkada iş boşlaş tavsiya etilgan.

6,5 mlrd söm quriliş uçun emas, loyihalaştirişga ajratiladi

Loyihaning buyurtmaçisi etib «Toşkent Invest kompaniyasi» AJ belgilangan. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaş va buyurtmaçining tegişli xarajatlari uçun 6,5 mlrd söm közda tutilgan.

Bu mablağ törtta köçadagi BRT yölaklarini quriş xarajatlarini töliq qoplamaydi. Quriliş işlarini moliyalaştiriş tijorat banklari kreditlari va şaharni rivojlantiriş jamğarmalari mablağlari hisobidan amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

Quriliş boşlanişidan oldin kommunal taşkilotlar muhandislik tarmoqlarini tekşiradi. Zarurat tuğilsa, mavjud kommunikatsiyalar ta’mirlanadi yoki boşqa joyga köçiriladi. Işlar davomida ayrim köçalarda transport harakati vaqtinça çeklanişi mumkin.

BRT qanday tizim va u oddiy avtobus yölagidan nimasi bilan farq qiladi

BRT – ingliz tilidagi Bus Rapid Transit atamasining qisqartmasi bölib, tezkor avtobus transporti tizimini anglatadi. Uning asosiy xususiyati avtobuslar uçun boşqa transport vositalaridan ajratilgan yölaklar taşkil etilişidir.

Bunday tizimda avtobuslar umumiy avtomobil oqimiga kamroq boğliq böladi. Yölaklar yölning markaziy qismidan ötkazilişi, bekatlar maxsus jihozlanişi va svetoforlarda jamoat transportiga ustuvorlik berilişi mumkin. Natijada avtobuslar harakatining muntazamligini oşiriş va yölovçilarning safar vaqtini oldindan aniqroq rejalaştiriş közda tutiladi.

BRTning samarali işlaşi faqat alohida yölak quriş bilan çeklanmaydi. Bekatlar, piyodalar uçun qulay ötiş joylari, yöl belgilari, svetoforlar va avtobuslar harakat jadvali ham yagona tizim sifatida işlaşi kerak. Toşkent hokimligi yangi loyihalarda bekatlar, yoritiş tizimi va piyodalar uçun qulay yönalişlarga ham e’tibor qaratilişini bildirgan.

Toşkentda BRT tizimi qayerlarda işlayapti

Poytaxtda BRT tizimining ilk yirik yönalişi Şota Rustaveli köçasida taşkil etilgan. 2025-yil oktabrida Mirobod va Çoştepa köçalari oraliğidagi qariyb 7 kilometrli yöl rekonstruksiyasi yakunlangan. Loyiha qiymati 19,2 mln dollarni taşkil etgan.

Uşbu köçada harakat 10 ta bölakda taşkil qilingan: oltitasi avtomobillar, ikkitasi avtoturargohlar va ikkitasi markaziy avtobus yölaklari uçun ajratilgan. Loyiha doirasida 463 ta «aqlli» svetofor va 21 ta bekat majmuasi örnatilgan. Şuningdek, veloyölaklar, avtoturargohlar va yaşil hududlar taşkil etilgan.

2026-yil sentabrida Şahrisabz köçasida BRT yölagining 1,2 kilometrli birinçi bosqiçi foydalanişga topşirilgan. Unda oltita yangi avtobus bekati taşkil etilgan. Oktabr oxirida esa Şahrisabz köçasidagi yana qariyb 1 kilometrlik qism oçilib, Şota Rustaveli va Şahrisabz köçalari böylab uzluksiz BRT yölagining uzunligi qariyb 8 kilometrga yetgan.

BRT tarmoği 2030-yilgaça kengaytiriladi

Toşkentda tezkor avtobus yölaklarini kelgusi yillarda ham kengaytiriş rejalaştirilgan. Yöl harakatini taşkil etiş markazi ma’lumotlariga köra, 2027 – 2030-yillarda BRT yönalişlarini yana 36,2 kilometrga uzaytiriş közda tutilgan.

Avvalgi rejalarda Şah­risabz, Amir Temur, Mirzo Uluğbek va Yangi Sergeli köçalarida yangi yölaklar taşkil etiş nazarda tutilgan. Şuningdek, 2027-yilda Yangi Sergeli köçasida 5,5 kilometrli BRT yönalişini quriş rejalari ham e’lon qilingan.

Yangi 17,9 kilometrlik loyiha esa Muqimiy, Qoratoş, Kökça-Darvoza, Parkent va Mirzo Uluğbek köçalarining ayrim qismlarini qamrab oladi. Şu tariqa poytaxtda avtobuslar uçun alohida yölaklar tarmoğini bosqiçma-bosqiç kengaytiriş davom etmoqda.

Avvalroq Toşkent şahri Yunusobod tumanida BRT qurilişi sabab Amir Temur köçasidagi qayrilib oliş joyi vaqtinça yopilgandi.

Shuningdek