«Ipoteka-bank», «Özmetkombinat» va «Kafolat suğurta» aksiyalari bir haftada katta ösişga erişdi

eʼlon qilindi
23-oktabrdan 30-oktabrgaça bölgan davrda
Fond bozori: «O‘zbekneftgaz» va «O‘ztransgaz» aksiyalari bir haftada qariyb 66 foizga oshdi
Foto: depositphotos

«Toşkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning yarimi 23-oktabrdan 30-oktabrgaça bölgan davrda ijobiy, qolgan yarimi esa salbiy dinamikani körsatdi. Shu bilan birga, UCI fond indeksi 2,3 foizga tuşdi.

Uşbu davr mobaynida «Ipoteka-bank» aksiyalari eng katta ösişga erişib, 39,43 foizga qimmatlaşdi. Şuningdek, «Özmetkombinat» (+23,77) va «Kafolat suğurta kompaniyasi» aksiyalari (+22,37%)da ham ösish qayd etildi.

Öz navbatida, «Universal bank» aksiyalari 37,69 foizga arzonlaşib, haftaning eng katta pasayişini körsatdi. Bundan taşqari, «Buxoroneftgazparmalaş» (-25,42%) va «Neft va gaz quduqlarini sinaş» (-20%) aksiyalari ham pasayiş bilan ajralib turdi. Faqat «Özbekkömir» va «Kaptal suğurta» aksiyalari narxida özgariş kuzatilmadi.

Bitimlar soni böyiça UzNIF (6 408 ta), «SQB» (3 050 ta) va «Ipoteka-bank» (3 011 ta) peşqadam böldi.

Aksiyalar bozorida uşbu haftada hajm böyiça esa UzNIF (5,78 mlrd söm) yetakçilik qildi. «Universal bank» (2,45 mlrd söm) va «Özbektelekom» (2,08 mlrd söm) aksiyalari yuqori uçlikdan joy oldi.

Şuningdek, öqing: 2026-yilda dividendlar: qaysi kompaniyalar köproq tölamoqda

Yuqori likvidli aksiyalardan 26 tasi haftani ijobiy, ikkitasi özgarişsiz va 26 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonçadagi umumiy hajmi 19,30 mlrd söm böldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Anthropic kompaniyasining IPO rejasi AQŞ fond bozorini kötargani haqida xabar berilgandi. 2026-yil 26-oktabr kuni S&P 500 va Nasdaq indekslari ösiş bilan yakunlandi. Investorlar bir tomondan sun’iy intellekt biznesining kelajagiga umid qilayotgan bölsa, boşqa tomondan bu sohadagi katta xarajatlar va kompaniyalar zararidan xavotirda.

Shuningdek