Germaniyada Usmonovning YI Kengaşiga qarşi da’vosini bloklaş noqonuniy deb topildi

Germaniya Federal Oliy sudi (BGH) 21-oktabr kuni Alişer Usmonovning Yevropa Ittifoqi (YI) Kengaşiga qarşi da’vo arizasini yuborişga tösqinlik qilişni noqonuniy deb topdi. Bu haqda Welt naşri xabar berdi.
Usmonov 2023-yil qişida sudga da’vo arizasi kiritgan. Hujjatlar Belgiyada joylaşgan YI Kengaşiga yuborilişi kerak edi. Biroq Gamburg yer sudi raisi Federal adliya idorasi bilan maslahatlaşganidan söng ularni yuborişni rad etgan.
BGH, şuningdek, Gamburg sudining uşbu qarorini qöllab-quvvatlagan Ganza oliy yer sudi qarorini ham bekor qildi. Federal Oliy sud da’vo hujjatlarini yuborişdan boş tortiş noqonuniy ekanini va arizaçining huquqlarini buzganini qayd etdi.
2026-yil sentabrida Alişer Usmonov Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxatidan çiqarilgan edi.
Usmonov haqidagi bahsli ma’lumotlar YI saytida saqlanib qolgan
Eslatib ötamiz, Bryussel 2022-yilda kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik milliarderga nisbatan sanksiyalar joriy etgan edi. Yevropa Ittifoqi öz qarorini asoslaşda Forbes naşrining Usmonov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning moliyaviy muammolarini hal qilgani haqidagi da’volariga tayangan.
2024-yil boşida Gamburg sudi Forbes naşriga Usmonov haqida uşbu da’volarni tarqatişni taqiqlagan edi.
Biroq Germaniya sudining qaroriga qaramay, mazkur bahsli ma’lumotlar Yevropa Ittifoqining rasmiy hujjatida saqlanib qolgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Alişer Usmonov Dilbar yaxtasining egasi emasligi haqida yozgan edi.