Kimyo olimpiadasi ğoliblariga 5,3 mln sömgaça mukofot beriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Olimpiada ilk bor 2023-yilda Xivada ötkazilgan
Kimyo olimpiadasi ğoliblariga 5,28 mln sömgaça mukofot beriladi
Rasm: Ta’lim va ilm-fan vazirligi

3 – 10-noyabr kunlari Nukus şahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi uçinçi marotaba ötkaziladi. Bu yilgi bellaşuvda dunyoning 32 ta mamlakatidan yoş kimyogarlar iştirok etadi.

Ta’lim va ilm-fan vazirligiga köra, Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi maktab öquvçilarining kimyo fanidan nazariy bilimlari va amaliy könikmalarini sinovdan ötkazişga qaratilgan xalqaro bellaşuv hisoblanadi.

Olimpiada ilk bor 2023-yilda Xivada ötkazilgan va unda 15 ta davlatdan 130 nafardan ortiq öquvçilar qatnaşgan. 2025-yilda Toşkentda ötkazilgan ikkinçi olimpiadada esa 16 ta davlatdan 115 nafar yoş kimyogar özaro bellaşgan.

Bu yil Nukusda ötkaziladigan uçinçi olimpiadada qatnaşuvçi davlatlar soni 32 taga yetadi.

Ğoliblar qança mukofot oladi

Oltin medal sohibiga 12 BHM, ya’ni 5,3 mln söm miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Uning öqituvçisi esa 50 BHM – 22 mln söm oladi.

Kumuş medal sohibiga 8 BHM yoki 3,5 mln söm, öqituvçisiga esa 35 BHM – 15,4 mln söm beriladi.

Bronza medalini qölga kiritgan öquvçi 6 BHM, ya’ni 2,64 mln söm, uning öqituvçisi esa 30 BHM – 13,2 mln söm miqdorida mukofotlanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Olimpiadasi 35 ta sport turini qamrab olişi haqida xabar berilgandi. Musobaqada 14 – 17 yoşdagi öquvçilar qatnaşadi. Har yili 50 nafar ğolib xorijdagi xalqaro yiğinlarga yuboriladi, kelasi yildan esa ğoliblarga bir yillik stipendiya beriladi.

Shuningdek