Yuqori Çirçiqda tozalanmagan oqova suvlar oçiq joyga taşlangan

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ayrim korxonalar tozalanmagan oqova suvlarni oçiq joyga taşlab kelgan
Foto: ecogovuz

Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida ayrim korxonalar işlab çiqariş jarayonida hosil bölgan oqova suvlarni yetarli darajada tozalamasdan oçiq joyga taşlab kelgani aniqlandi. Bu haqda Toşkent viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boşqarmasi ma’lum qildi.

Ekopolitsiya xodimlari tumanda faoliyat yuritayotgan korxonalarda reyd ötkazib, oqova suvlarni tozalaş va taşlaş tartibiga rioya etilişini örgandi.

Oqova suvlarda me’yoridan ortiq moddalar aniqlandi

Tekşiruv davomida «B.S.I.», «M.K.», «P.U.», «Ş.R.B.» va «S.S.P.» korxonalarida qum-şağal aralaşmasini qayta işlaş jarayonida hosil bölgan oqova suvlar yetarli darajada tozalanmasdan oçiq joyga taşlangani aniqlandi. Olingan suv namunalarining laboratoriya tahlili muallaq moddalar miqdori belgilangan me’yordan bir neça baravar yuqori ekanini körsatgan.

Şuningdek, «I.Q.S.» ixtisoslaştirilgan ta’mirlaş-quriliş taşkilotida ham oqova suvlar yetarli darajada tozalanmasdan oçiq joyga taşlangan. Qayd etilişiça, aniqlangan holatlar böyiça ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi ham olinmagan.

Hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga yuboriladi

Foto: ecogovuz

Ekologiya boşqarmasi har bir korxonaga nisbatan kompensatsiya tölovlarini hisoblab çiqadi. Tekşiruv davomida aniqlangan kamçiliklarga huquqiy baho beriş uçun töplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga yuboriladi.

Avvalroq Toşkent tumanida kömir yoqayotgan issiqxonaga çora körilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek