Özbekistonda investitsiyalar hajmi 584 trln sömdan oşdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Eng köp mablağ işlab çiqariş sanoati va turarjoy qurilişiga yönaltirilgan
Sakkiz yilda iqtisodiyotga 130 milliard dollar investitsiya kiritildi — prezident
Foto: Kursiv Uzbekistan

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Özbekistonda asosiy kapitalga yönaltirilgan investitsiyalar hajmi 584,2 trln sömni taşkil etdi. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 20,1 foizga köpdir. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi.

Eng köp investitsiya qaysi sohalarga yönaltirildi?

Ma’lumotlarga köra, investitsiyalarning eng katta qismi işlab çiqariş sanoati hissasiga töğri kelgan. Töqqiz oyda uşbu sohaga 160,8 trln söm yoki jami investitsiyalarning 27,5 foizi yönaltirilgan.

Ikkinçi örinda turarjoy qurilişi bölib, bu yö­nalişda 87,1 trln sömlik investitsiyalar özlaştirilgan. Bu umumiy hajmning 14,9 foiziga teng.

Keyingi örinlarda qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligi 52,1 trln söm hamda quriliş sohasi 51,1 trln söm bilan joylaşgan.

Elektr energiyasi, gaz va buğ bilan ta’minlaş hamda havoni konditsiyalaş sohasiga 39 trln söm, toğ-kon sanoatiga esa 33,9 trln söm investitsiya kiritilgan.

Şuningdek, taşiş va saqlaş sohasida 27,7 trln söm, ulgurji va çakana savdoda 22,6 trln sömlik investitsiyalar özlaştirilgan.

Ijtimoiy sohalardan ta’limga 12,7 trln söm, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlarga 7,7 trln söm yönaltirilgan. Axborot va aloqa sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmi esa 9,3 trln sömni taşkil etgan.

Umuman, işlab çiqariş sanoati, turarjoy qurilişi, qişloq xöjaligi va quriliş sohasi jami investitsiyalarning 60 foizdan ortiğini özida jamlagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQŞ Özbekiston bilan $12 mlrdlik kelişuv imzolagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek