Osiyo kubogi – 2027 deyarli bir yilga surilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Dastlab turnir 2027-yilning 7-yanvaridan 5-fevraligaça bölib ötişi kerak edi
Foto: ÖFA

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) 2027-yilda Saudiya Arabistonida ötkazilişi rejalaştirilgan Osiyo kubogi muddatini özgartirişga qaror qildi. Yangi taqvimga köra, musobaqa 2027-yil 23-dekabrdan 2028-yil 21-yanvargaça ötkazilişi közda tutilmoqda. Bu haqda AFC rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

Dastlab turnir 2027-yilning 7-yanvaridan 5-fevraligaça bölib ötişi kerak edi. Endilikda musobaqani qariyb bir yilga keçiktiriş rejalaştirilmoqda.

Osiyo kubogi nega keçiktirilmoqda?

AFC ma’lumotiga köra, qaror Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi va mahalliy taşkiliy qömita bilan maslahatlaşuvlardan söng qabul qilingan.

Musobaqa muddatini özgartirişga mintaqadagi favqulodda vaziyat, jumladan, logistika bilan boğliq murakkabliklar va aviaqatnovlardagi uzilişlar sabab bölgan.

Osiyo kubogi taşkiliy qömitasi turnirni yangi muddatga köçirişni ma’qullagan. Biroq 2027-yil 23-dekabrdan 2028-yil 21-yanvargaça bölgan sanalar hali yakuniy tasdiqlanmagan. Ular Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ga tasdiq uçun taqdim etiladi.

Yangi taqvimga köra, musobaqa 2028-yil yanvar oyi oxirida boşlanişi kutilayotgan Ramazon oyidan avval yakunlanişi közda tutilgan.

Hozirça turnir ötkaziladigan şaharlar va stadionlar özgartirilişi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Özbekiston guruhda kimlarga qarşi öynaydi?

Özbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi – 2027 guruh bosqiçida Iordaniya, KXDR (Şimoliy Koreya) va Bahrayn terma jamoalariga qarşi maydonga tuşadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan FIFA 2026-yilgi Jahon çempionatidan qariyb 5 mlrd dollar daromad olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek