Mirziyoyev Buxoroda: taşrif Bahouddin Naqşband maqbarasidan boşlandi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni Buxoro viloyatiga taşrif buyurdi. Davlat rahbari hududdagi bunyodkorlik işlari va iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taşrif Kogon tumanidagi Bahouddin Naqşband maqbarasini ziyorat qilişdan boşlandi. Bu yerda Qur’on tilovat qilinib, xalq tinçligi va farovonligi uçun duo qilindi.
Majmuaga har kuni 15 mingga yaqin kişilar keladi
XIV asrda yaşagan Xoja Muhammad Bahouddin Naqşband naqşbandiya tariqatining asosçisi hisoblanadi. Uning maqbarasi atrofida şakllangan me’moriy majmua islom olamidagi muhim ziyoratgohlardan biridir.
Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga köra, majmuaga har kuni örtaça 15 mingga yaqin kişilar taşrif buyuradi. U «Ipak yöli: Zarafşon – Qoraqum koridori» tarkibida UNESCOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.
Sönggi yillarda majmuaning tarixiy qiyofasini saqlaş va ziyoratçilar uçun şaroitlarni yaxşilaş işlari olib borildi. XV asr çizmalari asosida «Doniyolbiy otaliq» madrasasi va «Toqi miyona» darvozasi ta’mirlandi. Şuningdek, muzey ekspozitsiyasi va ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etildi.
Prezident ajdodlar merosini örganiş muhimligini ta’kidladi
Mirziyoyev Buxoroning ma’rifatli islom taraqqiyotidagi tarixiy örnini qayd etib, boy ma’naviy merosni çuqur örganiş va undan yoşlar tarbiyasida foydalaniş zarurligini ta’kidladi.
«Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy bobolarimiz nomi bilan boğliq majmualar — bularning barçasi bir maqsadga xizmat qiladi: buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosini davom ettiriş va yoşlarimizni şu ruhda tarbiyalaş», – dedi davlat rahbari.
Avvalroq Mirziyoyev Turkiyaga taşrif buyurgani haqida xabar berilgandi.