Koreya prezidenti va rafiqasining ma’lumotlari internetga sizib çiqdi

eʼlon qilindi
168 kişining ma’lumotlari oşkor bölgan
Foto: Reuters

Janubiy Koreya prezidenti Li Jje Myon va uning rafiqasi Kim Xe Gyonning pasport ma’lumotlari internetda tarqaldi. Hodisa oqibatida jami 168 kişining, jumladan, hukumat amaldorlari va jurnalistlarning şaxsiy ma’lumotlari oşkor bölgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lumotlar qariyb beş oy oçiq qolgan

Janubiy Koreyaning KBS telekanali ma’lumotlariga köra, «Janubiy Koreya – Belgiya yölovçilari röyxati» deb nomlangan fayl 2026-yil 2-iyun kuni zararli dasturlarni tekşirişga möljallangan internet platformasiga yuklangan. Unda prezidentning iyun oyida Yevropaga uyuştirgan safari iştirokçilari haqidagi ma’lumotlar bölgan.

Faylda 168 kişining koreysça va inglizça ismlari, iş joyi, lavozimi, tuğilgan sanasi, pasport raqami hamda hujjatlarning berilgan va amal qiliş muddati körsatilgan. Ular orasida prezident va uning rafiqasidan taşqari, vazirlar, xavfsizlik xizmati xodimlari, davlat idoralari vakillari va jurnalistlar ham bor.

Ma’lumotlar qariyb beş oy davomida yuklab oliş mumkin bölgan. Hozirgi kunda fayl platformadan olib taşlangan.

Pasportlar yangilanadi, politsiya tergov boşladi

Janubiy Koreya Taşqi işlar vazirligi hodisani xakerlik hujumi emas, şaxsiy ma’lumotlarning sizib çiqişi sifatida körib çiqmoqda. Vazirlik politsiya va boşqa tegişli idoralar bilan birgalikda ma’lumotlar qanday oşkor bölganini aniqlamoqda.

Idora prezident, uning rafiqasi va boşqa jabrlangan şaxslarning pasportlarini qayta rasmiylaştiriş çoralarini körmoqda. Politsiya esa hodisa yuzasidan rasmiy tergov boşlagan.

Hozirça ma’lumotlardan foydalaniş oqibatida qanday zarar yetgani yoki ular boşqa manbalarga tarqalgani haqida aniq ma’lumot yöq.

Avvalroq O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari  Şavkat Mirziyoyev va Li Jje Myonning 14-sentabrdagi muzokaralari yakunida ikki davlat örtasida 13 ta kelishuv va memorandum imzolangandi.

Shuningdek