Buxoroda 2 mingta iş örni yaratiladi

eʼlon qilindi
Foto: prezident matbuot xizmati
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahrida 50 gektar maydonda barpo etilayotgan yangi turizm markazidagi quriliş işlari bilan tanişdi. Loyihaga $105 mln investitsiya yönaltiriladi. Majmua işga tuşgaç, şaharga yiliga 2 milliondan ortiq qöşimça sayyoh jalb etilişi kutilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Markazda mehmonxonalar, amfiteatr va muzey quriladi

Yangi turizm markazida Buxoroning tarixiy merosi, hunarmandçiligi va gastronomiya an’analarini zamonaviy xizmatlar bilan uyğunlaştiriş rejalaştirilgan. Majmua xalqaro madaniy va işbilarmonlik tadbirlarini ötkaziş uçun ham xizmat qilişi közda tutilgan.

Loyiha doirasida quyidagi obyektlar barpo etiladi:

  • qabullar uyi, körgazmalar zali va muzey;
  • ikkita zamonaviy mehmonxona va 80 ta oilaviy mehmon uyi;
  • 2 ming örinli amfiteatr;
  • 70 dan ortiq savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari;
  • hunarmandçilik markazlari, sayilgohlar va sun’iy köl.

Inşootlar me’morçiligida Buxoroga xos tarixiy uslubni zamonaviy yeçimlar bilan uyğunlaştiriş rejalaştirilgan.

Hozirda markazning 10 gektar maydonida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini quriş işlari olib borilmoqda. Bunga 50 ga yaqin maxsus texnikalar jalb qilingan.

Markaz 2 mingta iş örni yaratişi kutilmoqda

Loyiha töliq işga tuşgaç, 2 mingta yangi iş örni yaratilişi va Buxoroga qöşimça 2 milliondan ortiq sayyoh kelişi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga köra, majmua faoliyati natijasida mahalliy budjetga yiliga 288 milliard söm tuşum kelib tuşişi mumkin.

Prezident loyihaning ahamiyati faqat yangi binolar qurilişi bilan çeklanmasligini ta’kidladi. Uning qayd etişiça, markaz Buxoroning tarixiy qiyofasi va ma’naviy merosini namoyon etişi, şu bilan birga, mahalliy aholiga yangi iş örinlari va daromad manbalarini yaratişi kerak.

Buxoro 2027-yilgi sammitlarga tayyorlanadi

Taşrif davomida davlat rahbari Buxoro infratuzilmasini 2027-yilda ötkazilişi rejalaştirilgan sammitlarga tayyorlaş böyiça mutasaddilarning axborotlarini ham tingladi. Prezident tegişli taşkilotlarga şahar infratuzilmasini xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada ötkazişga tayyorlaş yuzasidan topşiriqlar berdi.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahridagi Qöşmadrasa ansambliga taşrif buyurib, tarixiy majmuani restavratsiya qiliş rejasini közdan keçirgandi.

Shuningdek