Nosoz isitiş qozonlari sabab 18 kişi is gazidan vafot etdi

eʼlon qilindi
Qurbonlar soni 18 nafar
Foto: ahchealthenews.com

Özbekistonda Germaniyaning Vaillant rusumidagi nosoz isitiş qozonlaridan foydalaniş oqibatida 18 kişi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Uskunalar mamlakatga noqonuniy olib kirilgani, ularning ayrim qismlari talabga javob bermaydigan materiallar bilan almaştirilgani aniqlandi. Bu haqda Farğona viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.

Halokatlar uçta hududda yuz bergan

FVB ma’lumotlariga köra, 2026-yil 25-oktabr kuni Farğona tumanining Çimyon qişloğida bir oilaning yetti nafar a’zosi, şu kuni Toşkent şahrida yana olti kişi is gazidan zaharlanib vafot etgan.

1-noyabr kuni esa Qöqon şahrida beş fuqaro şu sababli hayotdan köz yumgan. Şu tariqa jami qurbonlar soni 18 nafarga yetgan.

Eski qozonlar yangi uskuna sifatida sotilgan

Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabarida keltirilişiça, fojialarga Germaniyada foydalanilgan va utilizatsiyaga topşirilgan Vaillant rusumidagi ikki konturli isitiş qozonlari sabab bölgan.

Uskunalar Özbekistonga ehtiyot qismlari sifatida noqonuniy olib kirilgan. Keyinçalik ayrim tadbirkorlar ularni qölbola usulda qayta jihozlab, yangi mahsulot sifatida fuqarolarga sotgan.

Bundan taşqari, qozonlarning Germaniyada işlatilişi kerak bölgan asl tutun çiqariş quvurlari ham bölmagan. Ularning örniga yuqori haroratga mos kelmaydigan kanalizatsiya polietilen quvurlari örnatilgan.

Qozonlar is gazining töplanişiga sabab bölgan

FVB tuşuntirişiça, isitiş moslamalarining havo tortiş quvurlari turli matolar bilan berkitilgani yoki tösib qöyilgani sababli gaz töliq yonmagan. Natijada inson hayoti uçun xavfli bölgan is gazi ajralib çiqqan.

Boşqarma fuqarolarni bunday qozonlardan foydalanmaslikka, isitiş uskunalarini örnatiş va tekşiriş işlarini mutaxassislarga topşirişga çaqirdi.

Şuningdek, boşqa isitiş moslamalarini xarid qilişdan oldin ularning sifat sertifikati, foydalaniş yöriqnomasi va xavfsizlik talablariga muvofiqligini tekşiriş zarurligi ta’kidlandi.

Avvalroq Farğona şahridagi uçta maktabgaça ta’lim taşkilotining 51 nafar tarbiyalanuvçisi turli alomatlar bilan şifokorlarga murojaat qilgandi.

Shuningdek