Qozoğistondan kelgan bolalar zaharlanişi böyiça jinoyat işi qözğatildi

eʼlon qilindi
18 nafar bemor şifoxonada qolmoqda
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Toşkentda Qozoğistondan futbol musobaqasida iştirok etiş uçun kelgan bolalar va ularning yaqinlari zaharlanişi yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Iş Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining sanitariya qonunçiligini buziş bilan boğliq moddasi asosida oçilgan. Bu haqda Boş prokuratura ma’lum qildi.

Jinoyat işi böyiça tergov boşlandi

Boş prokuratura ma’lumotlariga köra, 2026-yil 1-noyabr kuni Qozoğistondan futbol musobaqasida qatnaşiş uçun Özbekistonga kelgan 20 nafar bola va ularning yaqinlari Toşkentdagi mehmonxonada nonuşta qilgan. Ular yarim pişirilgan tuxum va sosiska iste’mol qilgan.

Şu kunning özida 13 kişida qayt qiliş, iç ketişi, qorin oğriği va tana haroratining kötarilişi kabi alomatlar kuzatilgan. Ular tez tibbiy yordam orqali ixtisoslaştirilgan tibbiyot markaziga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani prokuraturasi Jinoyat kodeksining 257¹-moddasi – sanitariya qonunçiligini yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş böyiça jinoyat işi qözğatgan.

Hozirda Çilonzor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi huzuridagi tergov bölimi dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.

18 nafar bemor şifoxonada qolmoqda

Avvalroq Soğliqni saqlaş vazirligi hodisa yuzasidan jami 20 kişiga «ötkir diareya» dastlabki taşxisi qöyilganini bildirgan edi. Vazirlik ma’lumotiga köra, 2 nafar bemor uyiga javob berilgan, qolgan 18 nafarining ahvoli barqaror va qoniqarli. Reanimatsiya bölimida davolanayotgan bemorlar yöq.

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan namunalar olib, laboratoriya tekşiruvlarini davom ettirmoqda.

Shuningdek