Kursiv Uzbekistan jurnalisti adabiy tanlovda ğolib böldi

eʼlon qilindi
Şe’riyat yönalişi böyiça
Foto: Yozuvçilar uyuşmasi Buxoro viloyati hududiy bölinmasi

Kursiv Uzbekistan jurnalisti, yoş şoir Muhammad Hodiyev «Uyğoniş» yoşlar adabiy tanlovining Buxoro viloyati bosqiçida şe’riyat yönalişi böyiça birinçi örinni egalladi.

Tanlov 1-noyabr kuni Buxoro şahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ötkazildi. Unda şahar va tuman bosqiçlarida nazm hamda nasr yönalişlari böyiça ğolib bölgan yoş ijodkorlar özaro bellaşdi.

Adabiy bellashuv doirasida taniqli şoir va yozuvçilar Muhammad Ismoil, Vafo Fayzulloh hamda Şodmon Sulaymon yoş ijodkorlar uçun mahorat darslari ötkazdi. Şundan söng iştirokçilarning şe’riy va nasriy asarlari ijodkorlar tomonidan baholanib, ularning ijodiy salohiyati hamda asarlarning badiiy saviyasi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yakunda har ikki yönalişda dastlabki uç örinni egallagan iştirokçilar mos ravişda 7 mln, 4 mln va 2 mln söm pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Ğoliblar tanlovning respublika bosqiçiga yöllanma oldi.

Muhammad Hodiyev haqida

Muhammad Hodiyev 2006-yilda Buxoro viloyatining Şofirkon tumanida tuğilgan. Yoş ijodkor «Yilning eng iste’dodli yoş şoiri» respublika tanlovida birinçi, «Muşoira» tanlovining respublika bosqiçida ikkinçi hamda boshqa köplab tanlovlarda sovrinli örinlarni egallagan.

Jang qöşiği

Daraxtlarning yaşil soçlarin tarar,

Yomğir hidlariga çömilgan şamol.

Qirlarning bağrini yorgan şarşara,

Turon toşlariga tomizar visol.

Çöqqilarni oqlab ketar bulutlar,

Osmon gumburlaydi, pişqiradi ot.

Ey, millat, közingga qarğalar qöndi,

Yoğiylar kelmoqda toğlarni uyğot.

Uyğot, daştda yotgan böz yigitlarni,

Öroğin çarxlasin xotin-xalajlar.

Yovlarga boş bukkan «daydi itlarni»,

Böğzini şilişga tilanar ajal.

Qonlar tomib böldi, öroqlar sindi,

Qirlar qora kiydi, osmon oppoq rang.

Şarşara içida şivirlar kimdir,

Turon uçun jang…

Shuningdek