Buxoroda $300 millionlik aeroport quriladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoroda ötkazilişi rejalaştirilgan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik yuzasidan yiğiliş ötkazdi. Unda yangi xalqaro aeroport, 23,5 kilometrlik yöl quriş va qöşimça 120 ta avtobus jalb etiş masalalari körib çiqildi.Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yiğilişda xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada taşkil etiş bilan birga, viloyat infratuzilmasini rivojlantiriş masalalariga e’tibor qaratildi. Davlat rahbari tayyorgarlik işlari faqat tadbirlar ötadigan joylar bilan çeklanmasligi, transport, xizmat körsatiş va xavfsizlik tizimlarini ham qamrab olişi kerakligini ta’kidladi.
Buxoroda yangi aeroport quriladi
Yiğilişda qiymati 300 million dollar bölgan yangi xalqaro aeroport qurilişi va uni şahar bilan boğlaydigan 23,5 kilometrlik yöl barpo etiş rejalari muhokama qilindi. Şuningdek, yöl böylarini kökalamzorlaştiriş, temir yöl vokzallari atrofini obodonlaştiriş, avtoturargohlar va yoritiş tizimlarini yaxşilaş böyiça topşiriqlar berildi. Şahar va tumanlarni vokzallar bilan boğlaş uçun qöşimça 120 ta avtobus jalb etiş belgilandi.
Jamoat xavfsizligi va infratuzilma
Buxoroda zamonaviy vaziyat markazlarini taşkil etiş, jamoat joylari va sayyohlik obyektlarini raqamli texnologiyalar orqali kuzatiş, yöl harakatini boşqariş hamda kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş masalalari ham körib çiqildi.
Bundan taşqari, viloyatning iqlim şaroitini hisobga olib, yaşil hududlarni kengaytiriş, daraxt va butalarni parvarişlaş uçun suğoriş hamda drenaj tizimlarini taşkil qiliş zarurligi qayd etildi.
Xalqaro tadbirlar iqtisodiy hamkorlik uçun ham xizmat qiladi
Prezident xalqaro tadbirlardan investitsiya va iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş uçun foydalaniş kerakligini ta’kidladi. Sanoat kooperatsiyasi, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş, transport-logistika va eksport yönalişlarida xorijiy hamkorlar bilan amaliy kelişuvlarga erişiş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, mehmonlarni Buxorodagi zamonaviy korxonalar, qişloq xöjaligi, hunarmandçilik va xizmat körsatiş sohalari bilan taniştiriş muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbari tadbirlar uçun quriladigan obyektlar va joriy etiladigan tizimlar xalqaro uçraşuvlardan keyin ham mahalliy aholiga xizmat qilişi lozimligini ta’kidladi. Mutasaddilarga tayyorgarlik işlarini joylarda örganiş va vazifalar ijrosini muvofiqlaştiriş topşirildi.
Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahrida 50 gektar maydonda barpo etilayotgan yangi turizm markazidagi quriliş işlari bilan tanişgandi.