Mungiya va Meliqöziyev jang şartlarini kelişib oldi

4-noyabr 2026 10:06 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Foto: Golden Boy / Cris Esqueda

WBA talqini böyiça ikkinçi örta vazn jahon çempioni Xayme Mungiya va özbekistonlik da’vogar Bektemir Meliqöziyev özaro jang şartlari böyiça kelişuvga erişgan. Bu haqda amerikalik şarhlovçi va insayder Kris Menniks ma’lum qildi.

Tomonlar şartlarni kelişib olgan

Menniks DAZN efirida Mungiya kamaridan voz keçişi ehtimoli pastligini va tomonlar jang şartlarini allaqaçon kelişib olganini aytdi.

«Menimça, Mungiya Meliqöziyev bilan jang qiladi. Uning kamarni böşatib yuborişi qiyin. Menga ular jang şartlarini allaqaçon kelişib olgani aytildi», – dedi u.

Mungiya ötgan dam oliş kunlari rossiyalik Nikita Zone ustidan hakamlarning bir ovozdan bergan qarori bilan ğalaba qozondi.

Jangdan söng meksikalik boksçi keyingi raqibi Meliqöziyev bölişini kutayotganini bildirdi.

«Menimça, bu Meliqöziyev böladi. Keyingisi sensan, döstim», – dedi Mungiya.

Meliqöziyev 6-noyabrda Dubayda jang qiladi

Bektemir Meliqöziyev esa 6-noyabr kuni Dubayda navbatdagi jangini ötkazadi.

Uning raqibi Tojikiston vakili Karomatullo Şaripov böladi. Şaripov professional ringda 4 ta ğalaba, 3 ta mağlubiyat va bir durang qayd etgan. Uçta ğalabasini nokaut bilan qölga kiritgan.

Meliqöziyev hisobida esa 16 ta ğalaba va bir mağlubiyat bor. U 10 ta jangini nokaut bilan yakunlagan.

Shuningdek