Qirğizistondagi 5,2 magnitudali zilzila Özbekistonda sezildi

eʼlon qilindi
Andijon va Farğonada 2-3 ball sezildi
Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda 2–3 ballgacha sezildi
Foto: iStock

4-noyabr keçasi Qirğiziston hududida 5,2 magnitudali zilzila sodir böldi. Yer silkinişi Özbekistonning Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.

Andijon va Farğonada 2-3 ball sezildi

Zilzila 4-noyabr kuni soat 02:34 da qayd etilgan. Uning episentri Qirğizistonning Öş hududida joylaşgan bölib, çuqurligi 10 kilometrni taşkil etgan.

Özbekiston hududida zilzilaning seziliş kuçi Andijon viloyatida 2-3 ball, Farğona viloyatida 2-3 ball, Namangan viloyatida esa 2 ballni taşkil etgan.

Episentr Andijondan 134 kilometr, Farğonadan 136 kilometr va Namangandan 185 kilometr uzoqlikda joylaşgan.

Episentr Toşkentdan 373 kilometr uzoqlikda

Ma’lumotga köra, zilzila episentri Toşkentdan 373 kilometr janubi-şarqda joylaşgan.

Yer silkinişining koordinatalari 39,84 daraja şimoliy kenglik va 73,21 daraja şarqiy uzunlik sifatida qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistonda zilzila bölib, Farğona vodiysida 3 ballgaça sezilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek