Apple 2027-yilda 1000 dollarlik uy robotini sotuvga çiqarmoqçi

eʼlon qilindi
Qurilma 9 dyuymli ekran, FaceTime va aqlli uy funksiyalariga ega bölishi kutilmoqda
Foto: muse.ai

Apple 2027-yilda 9 dyuymli ekran va harakatlanuvçi mexanik qölga ega uy robotini taqdim etişni rejalaştirmoqda. Qurilmaning narxi taxminan $1000 bölişi, biroq işlab çiqariş muddati 2028-yilga surilişi ham mumkin.

Bu haqda The Information kompaniya loyihasida işlagan manbalarga tayanib xabar berdi. Qurilma kompaniya içida J595 kod nomi bilan yuritilmoqda.

Robot odamga qarab burila oladi

Prototip 9 dyuymli ekranga ega bölib, displey robotlaştirilgan qo‘l yordamida turli tomonga buriladi. Dizayni Apple’ning eski iMac G4 kompyuteri va Pixar studiyasining maşhur stol çiroğini eslatişi aytilmoqda.

Robot FaceTime orqali videoqönğiroqlarni amalga oşiriş bilan birga, kamera va sensorlar yordamida atrof-muhitni kuzatişi rejalashtirilgan. Masalan, xonaga odam kirganda çiroqni avtomatik yoqiş yoki uy içidagi ayrim holatlarga mustaqil javob qaytariş imkoniyati körib çiqilmoqda. Qurilma atrofidagi buyumlarga urilib ketmaslik uçun ularni taniş imkoniyatiga ham ega bölişi kutilmoqda.

Dasturiy ta’minot relizni keçiktirmoqda

Manbalarga köra, robotning apparat qismi qariyb ikki yil avval tayyor bölgan. Biroq dasturiy ta’minot ustida işlar sekin ketmoqda. Apple içida birinçi avlod robotiga qaysi funksiyalarni qöşiş masalasida kelişmovçiliklar mavjud.

Dasturiy ta’minot jamoasi ayrim imkoniyatlarni keyingi avlodga qoldirib, dastlab FaceTime va aqlli uy funksiyalariga urğu berişni taklif qilmoqda. Apple robotni AQŞda taxminan $1000 narxda sotişni közlamoqda. Komponentlar narxiga qarab qurilma bundan ham qimmat bölişi mumkin.

Kompaniya hozirça mahsulotning rasmiy nomini e’lon qilmagan. Sobiq xodimlar uning HomeView Ultra deb atalishi mumkinligini bildirmoqda. Hozirgi reja böyiça robot 2027-yilda çiqişi kerak, biroq reliz 2028-yilga surilişi ehtimoli ham bor.

Avvalroq Apple ilk sensorli MacBook Pro modelini taqdim etgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek