Markaziy bank asosiy stavkani yana 14 foizda qoldirdi

Markaziy bank 4-noyabrdagi yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgartirmaslikka qaror qildi. Bank buni inflyatsiya pasayayotganiga qaramay, inflyatsion xatarlar saqlanib qolayotgani bilan izohladi.
«IInflyatsion kutilmalar pasayib borayotgan va inflyatsiya darajasi nisbatan barqarorlaşgan bölsa-da, içki talabning yuqoriligi hamda taşqi iqtisodiy şaroitlar özgarişi bilan boğliq inflyatsion xatarlarning saqlanib qolayotganligi qat’iy pul-kredit şaroitlarini davom ettirişni taqozo etmoqda», – deyiladi regulyator izohida.
Sentabr oyida yillik inflyatsiya 6,4 foizni taşkil etdi. Bu avgust oyiga nisbatan biroz yuqori körsatkiç hisoblanadi.
Narxlar ösişiga meva-sabzavotlar, yonilği va ayrim xizmatlarning qimmatlaşi ta’sir körsatgan. Xizmatlar inflyatsiyasi yillik 7 foizgaça tezlaşgan, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foiz darajasida qolgan.
Aholining kelgusi 12 oy uçun inflyatsion kutilmalari sentabrda 8,7 foizni, tadbirkorlarning kutilmalari esa 9,2 foizni taşkil etdi.
Yil yakunida inflyatsiya 7 foiz bölişi kutilmoqda
Markaziy bank yuqori içki talab, energiya narxlari bilan boğliq taşqi xatarlar va ayrim tartibga solinadigan narxlarning oşirilişini hisobga olib, inflyatsiya prognozini qayta körib çiqdi.
Yangilangan prognozga köra, 2026-yil yakunida inflyatsiya 7 foiz atrofida bölişi kutilmoqda.
Regulyator 2027-yil oxiriga borib umumiy inflyatsiya 5 foizlik targetgaça pasayişini prognoz qilmoqda.
Iqtisodiy ösiş prognozi oşirildi
2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Özbekiston iqtisodiyoti ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 8,3 foizga ösdi. Asosiy ösiş sanoat, quriliş va xizmatlar sohalari hisobiga ta’minlangan.
Markaziy bank investitsion faollik va aholi real daromadlarining ösişini hisobga olib, yalpi içki mahsulot ösişi prognozini yuqoriga qayta körib çiqdi.
Endilikda 2026-yil yakunida iqtisodiy ösiş 8 foiz atrofida bölişi kutilmoqda.
Şuningdek öqing: Özbekistonga 15,2 mlrd dollar kelib tuşdi
Markaziy bank qat’iy pul-kredit şaroitlarini saqlab qoliş inflyatsion bosimlarni çeklaş va sömda jamğariş jozibadorligini qöllab-quvvatlaşga xizmat qilişini qayd etdi.
Asosiy stavka böyiça navbatdagi yiğiliş 16-dekabr kuni ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq aholi mikroqarzni kamroq, boşqa kreditlarni köproq olayotgani haqida xabar berilgandi. Joriy yilning yanvar – iyun oylarida mikroqarzlarsiz aholiga ajratilgan kreditlar ötgan yilning shu davridagiga nisbatan 36,9 foizga ösdi. Çakana savdo aylanmasi esa joriy narxlarda 26,8 foizga köpaygan. Natijada har 100 sömlik çakana savdoga töğri keladigan kredit miqdori 2024-yildagi 15,7 sömdan 2025-yilda 18,4 sömga, bu yil esa 19,8 sömga yetdi.
Barça kreditlar hisobga olinganda esa teskari manzara kuzatiladi. Har 100 sömlik savdoga töğri keladigan kredit hajmi 2025-yildagi 38,4 sömdan 28 sömga tuşgan. Bunga, asosan, mikroqarzlar sabab bölgan. Banklar 2026-yilning birinçi yarmida aholiga 20,6 trln söm mikroqarz ajratgan. Bir yil avval bu körsatkiç 39,8 trln söm edi.