Qatar Airways özbekistonliklarni işga taklif qilmoqda

Qatar Airways aviakompaniyasi Özbekiston fuqarolarini aeroportda yölovçilarga xizmat körsatiş böyiça mutaxassis lavozimiga işga taklif qilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
Işga qabul qilingan xodimlar aeroportda yölovçilarni röyxatdan ötkaziş, samolyotga çiqiş jarayonini taşkil etiş va tranzit hududlarda yölovçilarga xizmat körsatiş bilan şuğullanadi.
Nomzodlarga qanday talablar qöyilgan?
Mazkur lavozimga 21 – 32 yoşdagi, kamida örta ma’lumotga ega Özbekiston fuqarolari ariza topşirişi mumkin. Nomzodlardan xizmat körsatiş sohasida kamida bir yillik iş tajribasi va ingliz tilida yaxşi muloqot qila oliş talab etiladi.
Şuningdek, ular smenali iş tartibida faoliyat yuritiş, uzoq vaqt tik turib işlaş va Qatarga köçib borişga tayyor bölişi kerak. Aeroport, mehmonxona yoki mijozlarga xizmat körsatiş sohasida tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
Qanday şaroitlar taklif etilmoqda?
Aviakompaniya xodimlarga bepul umumiy turarjoy, transport va tibbiy ta’minot taqdim etadi. Qatarga boriş uçun aviaçipta va iş vizasini rasmiylaştirişda ham yordam körsatiladi.
Bundan taşqari, xodimlar yiliga bir marta Özbekistonga borib keliş uçun aviaçipta, iş kiyimi va kir yuviş xizmatidan foydalanishi mumkin. Kompaniya Qatar Airways reyslariga çegirmalar va kasbiy ösish imkoniyatlarini ham taklif qilmoqda.
E’londa daromad soliqdan ozod etilgani qayd etilgan, biroq oylik maoş miqdori körsatilmagan.
Migratsiya agentligi ma’lumotiga köra, ötgan oyda Qatar Airways vakillari Özbekistonda ötkazgan tanlovda 33 nafar fuqaro kompaniyada işlaş uçun saralab olingan. Işlaş istagidagi fuqarolar Qatar Airways rasmiy sayti orqali ariza topşirişi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kuvaytda özbekistonlik muhandislarga $2,4 minggaça maoşli iş taklif qilingani haqida xabar bergan edi.