Bektemirda 300 dan ortiq gaz uskunalari tarmoqdan uzildi

Toşkentning Bektemir tumanida 4,1 ming xonadonning gaz uskunalari xatlovdan ötkazilib, loyiha hujjatlariga mos kelmagan 300 dan ortiq uskunalar gaz tarmoğidan uzildi. Bu haqda 2026-yil 4-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi (Özenergoinspeksiya) tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Özenergoinspeksiya boşliği Axadxon Isoqjonovning aytişiça, tekşiruvlar is gazi bilan boğliq baxtsiz hodisalarning oldini oliş va xonadonlardagi içki gaz tarmoqlari holatini örganiş doirasida ötkazilmoqda.
Bektemirda 4,1 ming xonadon tekşirildi

Bektemir tumanida jami 21 mingga yaqin xonadonlar mavjud. Şundan qariyb 11 mingi hovlili, 10 mingi esa köp kvartirali uylarga töğri keladi. Hozirga qadar hovlili xonadonlarning 4,1 mingi xatlovdan ötkazilgan.
«Bektemir tumanida 21 mingta umumiy xonadon bölsa, şundan 11 mingga yaqini hovlili xonadonlar. Hozirgi kunda ularning 4,1 mingtasi töliq xatlovdan ötkazildi. Har bir uskunani körib, reviziya qilganimizda loyiha hujjatlaridan taşqari holatda foydalanilayotgan 300 dan ortiq gaz uskunalari tarmoqdan uzildi», – dedi Axadxon Isoqjonov.
Uning sözlariga köra, 2024-yilgaça xonadonlardagi içki gaz quvurlari va uskunalarini kuz-qiş mavsumi oldidan profilaktik körikdan ötkaziş ta’minotçi korxonalar zimmasida bölgan. 2024-yil oxiridan bu xizmat xususiy sektorga ötkazilgan.
Hozir «Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyati bilan şartnoma asosida işlayotgan taşkilotda qariyb 1,5 ming mutaxassis içki gaz quvurlari va uskunalariga xizmat körsatmoqda.
Şuningdek, öqing: Özbekiston 2035-yilgaça zararli gazlar çiqindisini 50% ga qisqartiradi
Gaz sizib çiqişi portlaşga olib keladi
Isoqjonov gaz uskunalariga vaqtida xizmat körsatilmasligi is gazi bilan zaharlaniş va portlaş xavfini oşirişini ta’kidladi.
«İçki gaz quvurlari va uskunalariga vaqtida xizmat körsatilmasa, mavsum boşlanganda gaz sizib çiqişi oqibatida gaz-havo aralaşmasi çaqnaş hosil qilib, portlaş yoki boşqa noxuş holatlarga olib kelişi mumkin. Şu bilan birga, mavsum boşlangunga qadar dudburonlarni körikdan ötkaziş, ularning sozligini tekşiriş va tozalaş kerak», – dedi u.
Dudburonlarni tekşiriş va tozalaş xizmatlari ham xususiy sektorga berilgan. Hozir hududlarda xonadonlar, tadbirkorlik subyektlari va budjet taşkilotlaridagi gaz uskunalari hamda dudburonlarni körikdan ötkaziş işlari olib borilmoqda.
Şuningdek, 2026-yil 25-oktabr kuni Farğona viloyatida yuz bergan is gazi bilan boğliq holat yuzasidan prokuratura vakillari bilan birgalikda örganiş davom etmoqda. Aniqlangan kamçiliklarga huquqiy baho berilişi kutilmoqda.
Avvalroq Farğona viloyatida nosoz isitiş qozonlari sabab 18 kişi is gazidan vafot etgani haqida xabar berilgan edi.