Saida Mirziyoyeva xarob holatdagi maktab va boğçaga bordi

eʼlon qilindi
1-boğça örnida 360 örinli yangi boğça quriladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qarşidagi 43-maktab va 1-boğça şaroiti bilan tanişdi.

Administratsiya rahbariga köra, Qarşidagi avariya holatidagi 1-boğça örnida 360 örinli yangi boğça quriladi. 43-maktab esa ta’mirlanib, öquvçilar uçun zamonaviy şaroitlar yaratiladi.

«Qarşidagi 43-maktab va 1-boğça şaroiti bilan tanişdik. Boğça avariya holatida, maktabda esa sinfxonalar sovuq, partalar eskirgan. Bolalik esa kutib turmaydi — bu muammolarni ortga surmasdan hal qiliş kerak», – dedi Mirziyoyeva.

Eski boğça örnida 360 örinli, şinam va zamonaviy yangi boğça quriladi. Maktab binosi ta’mirlanib, zamonaviy laboratoriyalar, til va ijod tögaraklari taşkil etiladi. Alohida ehtiyojli bolalar uçun ham qulay şaroit yaratiladi.

«Farzandlarimiz boğçaga qöygan ilk qadamidan boşlab, mustaqil hayotga kirib borguniga qadar munosib muhitda ta’lim-tarbiya olişi kerak. Buning uçun bolalarimizga qulay şaroit yaratiş va mavjud muammolarni vaqtida hal qilişimiz zarur», – deya qöşimça qilgan Saida Mirziyoyeva.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdoğan bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va «Yenidoğu» maktabiga taşrif buyurgandi.

Shuningdek