Yotoqxonalar sotilsa ham, talabalar uçun joy kamaymaydi — Davaktiv

Talabalar yotoqxonalari va ta’lim infratuzilmasi obyektlarining sotilişi talabalar uçun yaşaş örinlari qisqarişiga olib kelmaydi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi ma’lum qildi.
Agentlik bayonoti Toshkent davlat yuridik universitetining Olmazor tumanidagi 2-sonli talabalar yotoqxonasi 195,66 mlrd söm boshlanğiç narxda auksionga çiqarilgani haqidagi xabarlar fonida e’lon qilindi.
Talabalar yangi binolar bitgunça köçirilmaydi
Davaktiv ma’lumotiga köra, «Yangi Toşkent»da yangi universitet binolari va talabalar yotoqxonalari qurilib, foydalanishga topşirilguniga qadar talabalar amaldagi yotoqxonalardan köçirilmaydi. Şuningdek, ular foydalanayotgan ta’lim infratuzilmasi obyektlari ham böşatilmaydi. Agentlik buni yangi kampuslarga ötişning asosiy şartlaridan biri sifatida körsatmoqda.
Hozir ayrim oliy ta’lim muassasalarining öquv korpuslari şaharning turli hududlarida joylaşgan. Davaktiv ularni yagona kampuslarda birlaştiriş va universitet infratuzilmasini yangilaş rejalashtirilayotganini bildirdi.
Yuridik universiteti uçun 17,1 gektar yer ajratilgan
Toşkent davlat yuridik universiteti infratuzilmasini yangilaş doirasida ham yangi öquv binolari va talabalar yotoqxonalari qurilişi nazarda tutilgan. Loyihani amalga oşiriş uçun «Yangi Toşkent» hududidan 17,1 gektar yer maydoni ajratilgan.
Davaktivning bildirişiça, yangi binolar tayyor bölguniga qadar talabalar universitetning amaldagi infratuzilmasidan foydalanişda davom etadi.
Agentlik yotoqxona va ta’lim obyektlarini sotiş jarayoni talabalar turarjoy fondini qisqartirişga emas, universitet infratuzilmasini yangilaşga qaratilganini ta’kidladi.
Avvalroq Texnika universiteti talabalari yotoqxonadan çiqarib yuborilgani va vazirlik bunga izoh bergani haqida xabar berilgan edi.