Endi oddiy smartfon bilan kosmosdan turib ham Yer bilan gaplaşsa böladi

AQŞning AT&T telekommunikatsiya kompaniyasi va AST SpaceMobile kosmik kompaniyasi mobil aloqa tarixida ilk bor yerusti tarmoği bilan töğridan töğri smartfonlarga xizmat körsatuvçi sun’iy yöldoş tarmoği örtasida uzluksiz almaşuvni namoyiş etdi. Bu haqda AT&T kompaniyasi ma’lum qildi.
Sinov 2026-yil 21-oktabr kuni AQŞning Vaşington ştatidagi Granit-Folls şahri yaqinida, mahalliy vaqt bilan soat 08:15 da ötkazilgan. Unda oddiy smartfon faol qönğiroq va ma’lumot uzatiş jarayonida AT&T’ning yerusti mobil tarmoğidan AST SpaceMobile’ning sun’iy yöldoş tarmoğiga avtomatik ötgan. Aloqa uzilmagan.
Tarmoq almaşinuvi millisekundlarda amalga oşdi
Loyihada Ericsson va Nokia kompaniyalari ham iştirok etdi. Ericsson AT&T uçun radio va asosiy tarmoq texnologiyalari hamda tarmoqlar örtasidagi almaşinuvni boşqaruvçi avtomatlaştirilgan tizimlarni taqdim etdi.
Nokia esa AST SpaceMobile’ning sun’iy yöldoş tarmoği uçun radioaloqa texnologiyalari va mobil aloqa almaşinuvini boşqaruvçi dasturiy ta’minotni işlab çiqişda qatnaşdi.
AT&T ma’lumotiga köra, Ericsson texnologiyasi tarmoqlar örtasidagi ötiş vaqtini bir neça soniyadan millisekundlargaça qisqartiriş imkonini bergan. Natijada foydalanuvçi telefonida alohida sozlamalarni özgartirmasdan bir tarmoqdan boşqasiga ötişi mumkin.
Maxsus telefon yoki SIM-karta kerak emas
Aloqa AST SpaceMobile kompaniyasining BlueBird sun’iy yöldoşlari orqali amalga oşirilgan. Ular oddiy smartfonlarga 4G va 5G mobil aloqa signallarini uzatişga möljallangan yirik antenna tizimlari bilan jihozlangan.
Texnologiyaning asosiy afzalligi – undan foydalaniş uçun maxsus sun’iy yöldoş telefoni, qöşimça SIM-karta yoki alohida qurilma talab qilinmasligi. Tizim mavjud smartfonlar bilan işlaşga möljallangan.
Tijoriy xizmat hali işga tuşirilmagan
Kompaniyalar sun’iy yöldoş aloqasini yerusti mobil tarmoqlariga muqobil emas, balki ularni töldiruvçi infratuzilma sifatida körmoqda. Texnologiya mobil aloqa qamrovi çeklangan çekka hududlar, uzoq avtomobil yöllari va favqulodda vaziyatlarda aloqani saqlab qolişga yordam berişi mumkin.
AT&T vakilining ta’kidlaşiça, navbatdagi bosqiçda texnologiya real şaroitlarda beta-sinovdan ötkaziladi. Biroq kompaniyalar xizmatning ommaviy foydalanişga qaçon taqdim etilişini hozirça e’lon qilmagan.
Avvalroq Honor Win 2 smartfoni AnTuTu’ning 2026-yil oktabr oyi uçun Android qurilmalari reytingida birinçi örinni egallagandi.