«Ural» uzoq tanaffusdan söng yangi mototsikl çiqardi

Rossiyaning «Ural» mototsikl brendi Neo 500 nomli yangi modelini taqdim etdi. Xitoyning Yingang kompaniyasi bilan hamkorlikda işlab çiqarilayotgan mototsikl yon kajavaga, 446 kub santimetrli dvigatelga va suyuqlik bilan sovitiş tizimiga ega. AQŞda uning narxi 14 ming dollardan boşlanadi. Yangi Ural Neo 500 mototsikli AQŞdagi dilerlar salonlarida paydo böla boşladi. Bu haqda Wroom naşri xabar berdi.
Modelning işlab çiqarilişi 2026-yil boşida Xitoyning Çunsin şahridagi Yingang zavodida yölga qöyilgan. Mototsikl uşbu kompaniyaning SUV500II modeliga asoslangan. «Ural» brendining rasmiy ma’lumotiga köra, yangi model Xitoyda Yingang bilan hamkorlikda işlab çiqariladi, uning texnik xususiyatlarini takomillaştiriş va sifat nazoratida esa kompaniyaning özi ham iştirok etadi.
446 kub santimetrli dvigatel va yon kajava
Ural Neo 500 ikki silindrli, 446 kub santimetr hajmli dvigatel bilan jihozlangan. Wroom ma’lumotida uning quvvati 36 ot kuçi deb körsatilgan. Mototsiklda suyuqlik bilan sovitiş tizimi mavjud.
Modelning öng tomoniga yölovçi uçun möljallangan kajava örnatilgan. U yuk saqlaş uçun ham foydalanilişi mumkin. Yangi mototsiklning taşqi körinişi avvalgi klassik «Ural» modellaridan ança farq qiladi.
Işlab çiqaruvçi Neo 500’ni boşqariş qulayligi va kundalik foydalanişga mosligi bilan ajratib körsatmoqda. Kompaniya uni an’anaviy yon kajavali mototsikllarga qaraganda yengilroq va zamonaviyroq model sifatida taqdim etgan.
AQŞda 14 ming dollardan sotiladi
Ural Neo 500’ning AQŞ bozoridagi boşlanğiç narxi 14 ming dollar etib belgilangan. Mototsiklni dilerlik markaziga yetkazib beriş uçun yana 1 250 dollar tölaş kerak. Mahalliy savdo soliği bu summaga kirmaydi.
Taqqoslaş uçun, avvalgi klassik Ural Gear Up modeli AQŞda kamida 20 ming dollardan sotilgan. Şu sababli yangi Neo 500 brendning nisbatan arzonroq taklifi hisoblanadi.
«Ural» nega Xitoyda işlab çiqarişga ötdi
«Ural» mototsikllarini işlab çiqaradigan Irbit mototsikl zavodi 2022-yildan keyin eksport bozorlarida qiyinçiliklarga duç kelgan. Korxona mahsulotlarining katta qismi, xususan, AQŞ bozoriga yetkazib berilgan.
Eksportdagi muammolar ortidan kompaniya işlab çiqarişni boşqa mamlakatga köçiriş variantlarini körib çiqdi. Biroq Qozoğistonda yiğiş işlarini yölga qöyiş kutilgan natijani bermadi. Natijada yangi modelni işlab çiqarişda Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilişga qaror qilindi.
«Ural» brendining rasmiy sahifasida Neo 500 yangi avlod haydovçilari uçun möljallangan zamonaviy yon kajavali mototsikl sifatida ta’riflangan. Kompaniya uning işlab çiqarilişi va texnik takomillaştirilişida muhandislik nazoratini saqlab qolişini bildirgan.
Avvalroq Hindistonlik Oben Electric startapi yangi Rorr EZ elektromototsiklini Amazon India orqali sotuvga çiqargandi.