Toşkentda issiq suv rangi vaqtinça özgarişi mumkin

Toşkentdagi ayrim xonadonlarda issiq suvning rangi özgarişi yoki yoqimsiz hid paydo bölişi mumkin. Veolia Energy Tashkent bunga isitiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida tarmoqlardagi suv aylanişi sozlanayotgani sabab bölganini ma’lum qildi.
Kompaniya izohiga köra, magistral tarmoqlarda bosim özgarişi va suv oqimining qayta yölga qöyilişi natijasida quvurlar devorlarida yoz davomida töplangan tabiiy çökindilar yuvilib çiqmoqda.
Şu sabab ayrim hududlarda suv vaqtinça xiralaşişi yoki hid paydo bölişi mumkin. Bunday holatlar, xususan, Mirzo Uluğbek tumanidagi Qorasuv, Feruza, Yalanğoç va boşqa mavzelarda kuzatilişi mumkin.
Tarmoqlar yuvilmoqda
Veolia Energy Tashkent brigadalari magistral tarmoqlarning asosiy tugunlarida turğun suvni çiqarib yuboriş va ayrim quvur qismlarini yuviş işlarini olib bormoqda.
Kompaniya xonadonga loyqa suv kelayotgan taqdirda uni uzoq vaqt oqizib yuboriş şart emasligini bildirdi.
Aholi aniq manzilini kompaniyaning Telegram-boti orqali yuborişi mumkin. Murojaat dispetcherlarga yetkazilib, mutaxassislar tegişli tashqi tarmoq qismini yuviş uçun yuboriladi.
Kompaniya bu holat vaqtinçalik ekanini va tizimni me’yoriy holatga qaytariş böyiça işlar davom etayotganini ma’lum qildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toşkent viloyatlarida, şuningdek, Çimgan-Çorboğ magistral suv ta’minoti korxonasida içimlik suvi tariflari oşirilgani haqida xabar berilgandi.