Toşkent aeroportida 310 mln sömlik iPhone’lar uşlab qolindi

Toşkent xalqaro aeroportida qiymati qariyb 310 mln söm bölgan 20 ta sönggi rusumdagi iPhone’ni noqonuniy olib kirişga uriniş aniqlandi. Holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom etmoqda. Bu haqda Bojxona qömitasi raisining matbuot kotibi Husan Tangriyev xabar berdi.
Amaldagi tartibga köra, jismoniy şaxslar xorijdan olib kelayotgan mobil qurilmalarini yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatişi va ularning IMEI-kodlarini kiritişi kerak.
Bojxona xodimlari ayrim yölovçilar deklaratsiyada olib kelayotgan telefonining IMEI-kodini emas, avval noqonuniy olib kirilgan boşqa qurilmalarning IMEI-kodlarini körsatayotganini aniqlagan.
Ma’lumotga köra, telefonlarning dasturiy ta’minoti qayta yuklanib, ularga boşqa qurilmalarga tegişli IMEI-kodlar örnatilgan. Natijada telefon sozlamalarida bir IMEI-kod, maxsus sörov orqali tekşirilganda esa boşqa kod köringan.
20 ta iPhone aniqlangan
Şu usulda sönggi rusumdagi 20 ta iPhone’ni olib kirişga uriniş bartaraf etilgan. Qurilmalarning umumiy qiymati qariyb 310 mln sömni taşkil etadi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2027-yildan importda QQSni hisoblaş avtomatlaşişi haqida xabar berilgandi. QQSni avtomatik özaro hisobga oliş mexanizmi yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo soliq inspeksiyasi nazoratidagi korxonalarga tatbiq etiladi.