Özbekistonda jinoyatçilik xavfi sun’iy intellekt yordamida prognoz qilinadi

Özbekistonda jinoyatçilik xavfini sun’iy intellekt yordamida tahlil qiliş va prognozlaş, mahallalardagi vaziyatni baholaş uçun yangi indeks joriy etiladi. Buning uçun davlat idoralarining axborot resurslarini birlaştiradigan yagona kriminogen ma’lumotlar platformasi işga tuşiriladi.
Mahallalardagi jinoyatçilik vaziyati qayta baholanadi
Taqdimotda qayd etilişiça, hozirgi baholaş usullari asosan statistik ma’lumotlarga tayanadi. Jinoyatçilikka ta’sir qiluvçi ijtimoiy-iqtisodiy omillar yetarliça tahlil qilinmaydi, davlat idoralarining axborot tizimlari esa özaro töliq integratsiyalaşmagan.
Yangi tizim orqali kriminogen xaritalar şakllantiriladi, hudud va mahallalardagi xavf darajasi muntazam baholanadi. Şunga qarab manzilli profilaktika çoralari belgilanadi, mas’ul idoralar faoliyati natijadorlik körsatkiçlari asosida baholanadi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi qonuni yangilanadi
Taqdimotda 2014-yilda qabul qilingan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida»gi qonunni yangi tahrirda qabul qiliş takliflari ham körib çiqildi. Hujjatda huquqbuzarlik sodir etilganidan keyin çora körişdan xavf-xatarlarni oldindan aniqlaş va bartaraf etişga qaratilgan proaktiv profilaktika modeliga ötiş nazarda tutilmoqda.
Bugungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan 14 ta davlat idorasi şuğullanadi. Ularning vazifalari ayrim hollarda takrorlanayotgani va vakolatlari aniq çegaralanmagani sababli profilaktika subyektlari sonini yana yettitaga kengaytiriş taklif etildi.
Yangi qonun loyihasida, şuningdek, giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlar, kiberjinoyatçilik, uyuşgan jinoyatçilik, yaşirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarşi preventiv çoralarni kuçaytiriş közda tutilgan.
Jinoyatdan jabrlanganlar va guvohlarning xavfsizligi hamda ijtimoiy himoyasini ta’minlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşişda kömaklaşgan fuqarolarni rağbatlantiriş mexanizmlari ham taklif qilingan.
701 ta mahalla «oğir» toifadan çiqarilgan
Mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlaş doirasida hududlarda 263 mingta tanib oluvçi kamera, 70 mingta zamonaviy domofon va 22 mingta taşviş tugmasi örnatilgan. Ijtimoiy profilaktika orqali 2,1 million nafar şaxsning muammolari manzilli hal etilgan.
Natijada kriminogen vaziyati eng oğir bölgan 809 ta mahallaning 701 tasi uşbu toifadan çiqarilgan. Qariyb 4,4 mingta mahalla «yaşil» toifada qolmoqda.
Prezident mas’ullarga qonun loyihasini bildirilgan takliflar asosida takomillaştiriş, idoralarning vazifa va vakolatlarini aniq belgilaş hamda raqamli monitoring mexanizmlarini joriy etiş böyiça topşiriqlar berdi.
Avvalroq Özbekistonda har 100 ming aholiga 85 nafar mahbus töğri kelişi haqida xabar berilgandi.