Şavkat Mirziyoyev Rustami Imomalini orden bilan taqdirladi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni Tojikiston parlamenti yuqori palatasi – Milliy Majlisi raisi Rustami Imomalini qabul qildi. Uçraşuv yakunida Rustami Imomali Özbekistonning «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Rustami Imomali Özbekistonga rasmiy taşrif bilan keldi. Uçraşuv boşida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Özbekiston va Tojikiston hamkorligi muhokama qilindi
Muloqotda ikki mamlakat örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
Tomonlar özaro savdo va yuk taşiş hajmlari ortib borayotganini qayd etdi. Sanoat, quriliş, energetika, qişloq xöjaligi va elektrotexnika sohalarida qöşma loyihalar amalga oşirilayotgani, Qöşma investitsiya kompaniyasi samarali faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi.
Şuningdek, poytaxtlar va hududlar örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş, madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalaridagi almaşinuvlarni kengaytiriş masalalariga e’tibor qaratildi.
Rustami Imomali davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Uçraşuvda ikki mamlakat örtasida oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişda parlamentlar rolini oşiriş muhimligi qayd etildi. Şu maqsadda parlamentlararo komissiyalar, döstlik guruhlari va sohaviy qömitalar faoliyatini faollaştiriş masalasi körib çiqildi.
Uçraşuv yakunida Şavkat Mirziyoyev Rustami Imomalini Özbekiston va Tojikiston örtasidagi strategik şeriklik hamda ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaş, parlamentlararo muloqotni kengaytirişdagi xizmatlari uçun «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirladi.
Avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5 – 6-noyabr kunlari amaliy taşrif bilan Qozoğiston poytaxti Ostonada bölişi haqida xabar berilgandi.