Saida Mirziyoyeva narkologiya muassasasi bilan tanişdi

eʼlon qilindi
Unda turli soha mutaxassislari yagona jamoa sifatida işlaşi közda tutilgan
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva viloyat narkologiya muassasasi faoliyati bilan tanişdi. U sohadagi mavjud muammolarni örganiş va özgarişlarni eng murakkab nuqtalardan boşlaş zarurligini ta’kidladi.

«Munosib şaroit va malakali yordam bilan birga samimiy e’tibor ham bemorga kuç beradi. Ba’zan bir oğiz dalda kişida işonç va umid uyğotadi. Heç kim yordam söraşdan çöçimasligi, dardi bilan yolğiz qolmasligi kerak», – deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Narkologiya tizimi yangilanadi

Saida Mirziyoyeva kasalliklarning oldini oliş, davolaş va reabilitatsiyani qamrab oladigan tizim yaratiş maqsad qilinganini bildirdi. Unda turli soha mutaxassislari yagona jamoa sifatida işlaşi közda tutilgan.

Uning sözlariga köra, mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda narkologiya sohasini tubdan yangilaşga qaratilgan maxsus dastur işlab çiqiladi.
Dasturda inson qadri va bemorlarning soğlom hayotga qaytişiga kömaklaşiş asosiy e’tiborda böladi.

Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qarşidagi 43-maktab va 1-boğça şaroiti bilan tanişgandi.

Shuningdek