Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonga boradi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5 – 6-noyabr kunlari amaliy taşrif bilan Qozoğiston poytaxti Ostonada böladi. U yerda Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilarining sun’iy intellekt va xavfsizlik masalalariga bağişlangan uçraşuvida iştirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taşrif Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jömart Toqayev va Iordaniya qiroli Abdulla II taklifiga binoan amalga oşiriladi.
Sun’iy intellekt va xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi
Uçraşuv Aqaba jarayoni doirasida ötkaziladi. Unda sun’iy intellektdan terroristik va ekstremistik maqsadlarda foydalanişga qarşi kuraşiş, yangi texnologik xatar va tahdidlarga javob qaytariş hamda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş masalalari körib çiqiladi.
Aqaba jarayoni 2015-yilda Iordaniya qiroli Abdulla II tomonidan ilgari surilgan xalqaro taşabbusdir. U terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşişda davlatlar hamkorligini kuçaytiriş, xavfsizlik sohasida tajriba almaşiş va qöşma sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga qaratilgan.
Avvalroq Mirziyoyev Buxoro viloyatidagi safarini yakunlagani haqida xabar berilgandi.