Toşkentning 4 ta tumanida vaqtinça elektr energiyasi öçiriladi

Joriy yil 5-noyabr kuni Toşkentning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda «Toşkent şahar magistral elektr tarmoqlari» filiali xabar berdi.
Ta’mirlaş işlari soat 08:00 dan 17:00 gaça davom etadi
Ma’lumotga köra, 5-noyabr kuni talabnomalar asosida bir qator podstansiyalarda joriy ta’mirlaş va rele himoyasi tizimlarini tekşiriş işlari ötkaziladi.
Xususan, «Toşkent-siti» podstansiyasidagi T-2 kuç transformatori, «Çilonzor» podstansiyasining 6 kVli 1-seksiyasi, «Gornaya» podstansiyasining 6 kVli 2-seksiyasi hamda «Yuvelirnaya» podstansiyasining 10 kVli 1-seksiyasida texnik işlar olib boriladi.
Şuningdek, uşbu podstansiyalardan çiquvçi fiderlarda rele himoyasi va avtomatika tizimlari tekşiriladi.
Asosiy texnik tadbirlar soat 08:00 dan 17:00 gaça davom etadi. Şu sabab ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtinça öçirilishi mumkin.
Avvalroq Toşkentda 15-sentabrgaça issiq soatlarda yonilği taşiş va quyiş çeklanişi haqida xabar berilgan edi.