Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömga yetdi

eʼlon qilindi
2026-yilda mamlakatda 1,5 mln tonna piyoz yetiştirilişi kutilmoqda
O‘zbekiston piyoz eksporti 41 foizga qisqartirdi
Foto: depositphotos.com

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4-4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narxlar oşişini mavsumiy omillar, logistika xarajatlari va ayrim tadbirkorlarning savdo ustamasi bilan izohladi. Bu haqda vazirlikning rasmiy munosabatida ma’lum qilindi.

Piyoz nega qimmatlaşdi?

Vazirlik ma’lumotiga köra, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida Surxondaryoda 387,1 ming tonna piyoz yetiştirilgan. Şundan 120 ming tonnasi mahalliy iste’molga yönaltirilgan, 46 ming tonnasi eksport qilingan, qolgan qismi esa boşqa hududlarga yetkazib berilgan.

Viloyatning iqlim şaroiti tufayli piyoz, asosan, aprel – may oylarida yetiştiriladi. Yozgi yuqori harorat sabab oktabr – noyabr oylarida pişib yetiladigan keçki piyoz katta maydonlarda kam ekiladi.

Hozirda Surxondaryoda joriy yil hosilidan dalalarda piyoz qolmagan. Şu bois mahalliy bozorlar Jizzax va Samarqand viloyatlaridan olib kelinayotgan mahsulot hisobiga ta’minlanmoqda.

Jizzaxda piyozning bir kilogrammi dehqonlardan 2 600 – 3 300 sömdan, Samarqandda esa 2 800 – 3 000 sömdan xarid qilinmoqda. Mahsulotni Surxondaryoga yetkazib beriş xarajati har kilogramm uçun 350 – 370 sömni taşkil etadi.

Transport xarajatlari qöşilgandan söng piyozning tannarxi 2 950 – 3 650 sömga yetmoqda. Biroq ayrim savdogarlar mahsulotni 4 500 sömdan sotmoqda.

Vazirlik hisob-kitobiga köra, bir kilogrammi 2 950 sömga tuşgan piyoz 4 500 sömdan sotilganda narxlar örtasidagi farq 1 550 sömni yoki tannarxga nisbatan 52,5 foizni taşkil etadi.

Vazirlik narx şakllanişiga ayrim olib-sotar tadbirkorlarning 25 – 50 foizgaça yetayotgan savdo ustamasi ham ta’sir qilayotganini qayd etdi.

Özbekistonda piyoz yetarlimi?

Qişloq xöjaligi vazirligi hisob-kitoblariga köra, 2026-yilda mamlakatda 1,5 mln tonna piyoz yetiştirilişi kutilmoqda. Bu aholining iste’mol ehtiyojidan 400 ming tonna yoki 35 foizga köp.

Şuningdek, 2026 – 2027-yillar qiş-bahor mavsumi uçun 102,8 ming tonna piyoz zaxiraga jamğarilmoqda. Şundan 2 750 tonnasi Surxondaryo viloyatiga töğri keladi.

Vazirlik içki bozorda narxlarni barqarorlaş­tiriş uçun zaxiradagi mahsulotlarni savdoga çiqariş va maxsus rastalarda arzonlaştirilgan narxlarda sotiş imkoniyati mavjudligini bildirdi.

Bundan taşqari, piyozni qimmatroq sotiş maqsadida omborlarda saqlab turiş uning vazni kamayişi va sifati yomonlaşişiga olib kelişi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirğiziston Özbekistondan olib kirilgan 23 tonna piyozni qaytargani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek