Qozoğiston ikkinçi AESni Xitoy bilan qurmoqçi

Qozoğiston ikkinçi atom elektr stansiyasi (AES)ni quriş böyiça Xitoy milliy atom korporatsiyasi (CNNC) bilan muzokaralar olib bormoqda. Loyiha şartlari va quriliş muddatlari muhokama qilinmoqda. Bu haqda Qozoğiston energetika vaziri Yerlan Akkenjenov 4-noyabr kuni hukumat brifingida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kazinform.
Vazirning aytişiça, mamlakatdagi birinçi – «Balxaş» AES loyihasi Rossiyaning «Rosatom» kompaniyasi boşçiligidagi konsorsium bilan amalga oşiriladi. Ikkinçi stansiya böyiça esa Xitoy tomoni bilan hamkorlik imkoniyatlari körib çiqilmoqda.
«Hozirda bitim şartlari, jumladan, quriliş muddatlari muhokama qilinmoqda. Loyihalar 2035-yilgaça yakunlanişiga işonamiz», – dedi Akkenjenov.
Ikkinçi AES qayerda quriladi?
«Moyinqum» atom elektr stansiyasini Olmaota viloyatining Jambil tumanida, Balxaş köli böyida quriş rejalaştirilgan. Birinçi AES ham uşbu hududda joylaşadi.
Informburo.kz ma’lumotlariga köra, Qozoğiston ikkinçi AES böyiça hukumatlararo kelişuvni 2027-yil oxirigaça imzolaşni rejalaştirmoqda.
Avvalroq Qozoğiston Atom energiyasi agentligi Xitoyning CNNC korporatsiyasini ikkinçi AES qurilişida ustuvor hamkor sifatida tanlagan edi. Stansiyani quriş uçun konsorsium taşkil etilişi közda tutilgan.
Biroq hozirça loyiha böyiça yakuniy kelişuv tuzilmagan. Qurilişning moliyaviy şartlari va aniq muddatlari muzokaralar jarayonida belgilanişi kerak.
Birinçi AESni «Rosatom» quradi
Qozoğistonning birinçi atom elektr stansiyasi «Balxaş» Rossiya kompaniyasi iştirokida barpo etiladi.
2026-yil sentabrda «Rosatom» va «Qozoğiston atom elektr stansiyalari» taşkiloti umumiy quvvati 2,4 GVt bölgan ikkita energoblok quriş böyiça şartnoma imzolagan.
Forbes Kazakhstan ma’lumotiga köra, prezident Qasim-Jomart Töqayev 28-oktabrdagi murojaatida «Balxaş» AES qurilişini 2027-yilda boşlaş hamda «Moyinqum» loyihasini jadallaştiriş uçun hamkorlik kelişuvini imzolaş zarurligini ta’kidlagan.
Qozoğiston hukumati ikkala atom elektr stansiyasi loyihasini 2035-yilgaça yakunlaşni maqsad qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Rosatom» Özbekiston va Qozoğistondagi atom energetikasi loyihalari böyiça hujjatlar imzolaganini xabar qilgan edi.