Japarov «Gazprom»ga gaz tizimini qaytariş bilan tahdid qildi

eʼlon qilindi
Bitim 2014-yilda amalga oşirilgan va kompaniya ramziy $1 evaziga Rossiya tomoniga ötgan
Foto: Caspian Post

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi mamlakatni gazlaştiriş böyiça majburiyatlarini bajarmasa, gaz infratuzilmasini davlat nazoratiga qaytarib olişi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Kaktus.media naşri xabar berdi.

Japarov bu haqda 3-noyabr kuni Talas viloyatining Aytmatov va Manas tumanlari aholisi bilan uçraşuvda gapirgan. Uçraşuv davomida Semetey qişloği fuqarosi prezidentdan çegaraga yaqin Manas tumanini tabiiy gaz bilan ta’minlaşni söragan.

Prezident bunga javoban Qirğiziston gaz taqsimlaş tizimi «Gazprom»ga tegişli ekanini, şu sababli hukumat gazlaştiriş masalalarini kompaniya iştirokisiz mustaqil hal qila olmasligini aytgan.

«Biz gaz tizimimizning egasi emasmiz. Uning egasi — «Gazprom». Menimça, 2039-yilgaça bir dollarga sotilgan. 2013-yilni eslaysizmi? Öşanda «Bizga Qirğizgaz kerak emas, bizga gaz kerak», deb sotib yuborişgan», – dedi Japarov.

Uning ta’kidlaşiça, kelişuvda «Gazprom» Qirğizistonning barça hududlarini gazlaştiriş uçun mablağ ajratişi nazarda tutilgan. Biroq prezident bu majburiyatlar hozirgaça töliq bajarilmaganini bildirdi.

Japarov mazkur masalani sönggi ikki-uç yildan beri Rossiya kompaniyasi rahbariyati bilan muhokama qilib kelayotganini aytdi.

«Agar bu işni qilmasangiz, «Qumtor» kabi qaytarib olaman va özim amalga oşiraman», – dedi u «Gazprom»ga bergan ogohlantirişini eslab.

Şu bilan birga, prezident gaz infratuzilmasi davlat nazoratiga qaytmagunça, aholiga gaz yetkazib beriş böyiça mustaqil va’da bera olmasligini ta’kidladi.

Qirğiziston gaz tizimi qanday qilib «Gazprom»ga ötgan?

Qirğiziston va Rossiya 2013-yilda «Qirğizgaz» kompaniyasini «Gazprom»ga ötkaziş böyiça kelişuvga erişgan. Bitim 2014-yilda amalga oşirilgan va kompaniya ramziy $1 evaziga Rossiya tomoniga ötgan.

Kelişuv doirasida «Gazprom» Qirğiziston gaz operatorining qarzlarini öz zimmasiga olgan, gaz infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va mamlakatni gazlaştirişga investitsiya kiritiş majburiyatini olgan.

2014-yil aprel oyida Qirğiziston hukumati Rossiya kompaniyasi beş yil davomida mamlakat gaz infratuzilmasiga kamida 20 mlrd rubl investitsiya kiritişini ma’lum qilgan edi.

Hozirda mamlakatning gaz taqsimlaş tizimi «Gazprom Qirğiziston» kompaniyasi tomonidan boşqariladi.

Japarov nega «Qumtor»ni misol keltirdi?

«Qumtor» Qirğizistondagi eng yirik oltin konlaridan biri hisoblanadi. U uzoq yillar Kanadaning Centerra Gold kompaniyasi tomonidan boşqarilgan.

2021-yilda Qirğiziston hukumati kon ustidan nazoratni öz qöliga olgan. Tomonlar 2022-yil aprelida kelişuvga erişib, kon Qirğiziston tasarrufiga ötgan.

Japarov «Qumtor» misolida gaz infratuzilmasini ham davlat nazoratiga qaytariş imkoniyatini nazarda tutgan. Biroq hozirça «Gazprom» aktivlarini qaytarib oliş böyiça rasmiy qaror e’lon qilinmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Gazprom» Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berişni qariyb 70 foizga oşirgani haqida xabar bergan edi. Kompaniyaning Qirğiziston bilan 2040-yilgaça möljallangan gaz ta’minoti şartnomalari ham mavjud.

Shuningdek