Qaşqadaryoda 5,5 ming xonadonning issiqlik tölovi qayta hisoblandi

Qaşqadaryo viloyatida issiqlik yetkazib berilmagan kunlar uçun hisoblangan qariyb 2,3 mlrd söm 5,5 mingta xonadon foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Bu haqda Raqobat qömitasining Qaşqadaryo viloyati hududiy boşqarmasi ma’lum qildi.
Hududiy boşqarma köp qavatli uylardagi xonadonlarning markazlaşgan tizim orqali issiqlik bilan ta’minlanişini örgangan.
Ayrim kunlarda qozonxonalar işlamagan
Ma’lumotga köra, «Issiqlik ta’minoti» MÇJ mahalliy qozonxonalar orqali Qarşi şahri, Nişon, Koson va Yakkaboğ tumanlaridagi 384 ta köp qavatli uyning 14 448 ta xonadoniga issiqlik energiyasi yetkazib bergan.
Şuningdek, kompaniya 12 ta budjet va boşqa taşkilot bilan ham issiqlik yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzgan. Örganiş davomida rejali ta’mirlaş işlari, tizimdagi avariyalar, gaz bosimining pasayişi, sovuq suv va elektr ta’minotidagi uzilişlar sabab ayrim kunlarda qozonxonalar işlamagani aniqlangan.
Şunga qaramay, issiqlik yetkazilmagan uşbu kunlar uçun ham iste’molçilarga qarzdorlik hisoblangan.
2,3 mlrd söm qayta hisoblandi
Hududiy boşqarma mazkur hisob-kitoblarni mavsum yakuni böyiça qayta körib çiqiş masalasini örgangan. Natijada viloyatdagi 5 500 ta xonadonda yaşovçi iste’molçilar foydasiga qariyb 2,3 mlrd söm qayta hisob-kitob qilingan.
Bu mablağ iste’molçilarga naqd pul şaklida qaytarilgani emas, balki issiqlik ta’minoti böyiça hisob-kitoblarga tuzatiş kiritilganini anglatadi.
Avvalroq Qaşqadaryoda içimlik suvi ta’minotini yaxşilaşga $360 mln jalb qilinişi haqida xabar berilgan edi.