AQŞdagi saylovlar sabab Mask 30 mlrd dollar yöqotdi

Amerikalik milliarder Ilon Maskning boyligi AQŞ Kongressiga bölib ötgan oraliq saylovlardan keyin qariyb $30 mlrdga kamaydi. Bunga demokratlarning ğalabasi ortidan Tesla va SpaceX aksiyalari arzonlaşgani sabab böldi. Bu haqda Financial Times naşri xabar berdi.
Dastlabki savdolarda SpaceX aksiyalari 6,9 foiz, Tesla qimmatli qoğozlari esa 5 foizga pasaygan. Şu paytdagi kotirovkalar asosida Mask boyligining kamayişi $60 mlrddan oşişi mumkinligi baholangan. Biroq savdolar davomida aksiyalar qisman tiklanib, Financial Times hisob-kitobni qariyb $29 mlrdga qayta körib çiqqan.
Ma’lumot uçun, bu milliarder şunça miqdorda naqd pul yöqotganini anglatmaydi. Gap uning kompaniyalardagi uluşlarining bozor qiymati pasaygani haqida ketmoqda.
AQŞdagi saylovlarda kim ğalaba qozondi?
3-noyabr kuni AQŞda Kongressga oraliq saylovlar bölib ötdi. Unda Vakillar palatasining barça 435 örni va Senatdagi 35 mandat uçun ovoz berildi.
Reuters va Associated Press ma’lumotlariga köra, Demokratik partiya Kongressning har ikki palatasida köpçilikni qölga kiritdi. Respublikaçilar partiyasi esa ikki yil avvalgi saylovlardan keyin egallagan ustunligini yöqotdi.
Demokratlar Texas, Janubiy Karolina, Kanzas, Ayova va boşqa ştatlarda respublikaçilarga tegişli Senat örinlarini qölga kiritdi. Şuningdek, ular Vakillar palatasida ham köpçilik uçun zarur bölgan 218 mandatlik çegaradan ötdi.
Saylov natijalariga aholining yaşaş xarajatlari oşişi, iqtisodiy vaziyat, hukumat faoliyatidan norozilik va AQŞning Eronga qarşi harbiy harakatlari bilan boğliq xavotirlar ta’sir körsatgan.
Kongressning yangi tarkibi 2027-yil 3-yanvardan iş boşlaydi. Şundan söng demokratlar prezident Donald Tramp ma’muriyati ustidan parlament nazoratini kuçaytirişi, ayrim qonunçilik taşabbuslarini töxtatişi va tekşiruvlar ötkazişi mumkin.
Saylov natijalari Mask biznesiga qanday ta’sir qiladi?
Investorlar demokratlar nazoratidagi Kongress Tesla va SpaceX faoliyatiga nisbatan tekşiruvlarni kuçaytirişi mumkinligidan xavotirda. Xususan, sun’iy intellekt sohasidagi tartibga soliş talablari kuçayişi hamda Tesla va SpaceXning ehtimoliy birlaşuvi qöşimça nazoratga olinişi mumkin.
Iyul oxiridan buyon Tesla aksiyalari sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqiş va SpaceX bilan ehtimoliy birlaşuv haqidagi xabarlar fonida 34 foizga qimmatlaşgan edi. Financial Times ma’lumotlariga köra, Mask Respublikaçilar partiyasi nomzodlarini qöllab-quvvatlaş uçun taxminan $446 mln sarflagan. Mablağlarning katta qismi Texasdagi saylov kampaniyalariga yönaltirilgan.
Biroq aynan Texasda demokratlar muhim ğalabalarga erişdi. Jumladan, demokrat Jeyms Talariko respublikaçi Ken Pakstonni mağlub etib, Senatga saylandi.
Demokrat Jina Inoxosa esa Texas gubernatori saylovida respublikaçi Greg Ebbott ustidan ğalaba qozondi.
Tesla va SpaceXning boş qarorgohlari Texasda joylaşgan. Şu bois ştatdagi siyosiy özgarişlar kompaniyalarning energetika infratuzilmasi, ma’lumotlar markazlari va boşqa loyihalariga ta’sir qilişi mumkin.
Şu bilan birga, Kongressdagi köpçilikning özgarişi Tesla va SpaceX birlaşuvi taqiqlanişini anglatmaydi. Biroq demokratlar ehtimoliy bitim böyiça parlament tekşiruvlarini boşlaşi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Maskning boyligi $1 trlnga yetgani haqida xabar bergan edi. Öşanda uning kapitali Tesla va SpaceX qiymatining oşişi hisobiga sezilarli köpaygan edi.