Favqulodda vaziyatda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgacha tölanadi

Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplaş tartibi belgilandi. Halok bölgan fuqaroning oila a’zolariga jami 220 mln sömgaça, jarohat olganlarga esa 44 mln sömdan 88 mln sömgaça bir martalik moddiy yordam berilişi mumkin.
Hukumatning 3-noyabrdagi qarori bilan «Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni baholaş va qoplaş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Bunday favqulodda vaziyatlarga transport avariyalari va halokatlari, kimyoviy xavfli hamda yonğin-portlaş xavfi mavjud obyektlardagi hodisalar, energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar, bino konstruksiyalarining tösatdan buzilişi va boşqa holatlar kiradi.
Qança pul tölanadi
Favqulodda vaziyat oqibatida fuqaro halok bölsa, uning oila a’zolariga BHMning 500 baravarigaça (220 mln sömgaça) miqdorda bir martalik moddiy yordam beriladi. Mablağ turmuş örtoği, farzandlari, ota-onasi va qaramoğidagi şaxslar örtasida teng taqsimlanadi.
Oğir tan jarohati olganlarga BHMning 200 baravarigaça – 88 mln sömgaça, örtaça oğir jarohat olganlarga 150 baravarigaça – 66 mln sömgaça, yengil tan jarohati olganlarga esa 100 baravarigaça – 44 mln sömgaça tölanadi.
Ariza 30 kun içida beriladi
Jabrlangan şaxslar favqulodda vaziyat yuzaga kelgan kundan boşlab 30 kun içida tegişli komissiyaga ariza topşirişi kerak.
Ayrim holatlarda zarar sud tomonidan aybdor şaxs aniqlanguniga qadar yoki aybdor deb topilgan yuridik şaxs yoxud uning mansabdor şaxsi zararni töliq qoplay olmaganda tuman yoki şahar hokimligi huzuridagi maxsus jamğarma hisobidan qoplanadi.
Tölovlar komissiya dalolatnomasi asosida Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar yoki Toşkent şahri hokimlarining qarori bilan amalga oşiriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq nosoz isitiş qozonlari sabab 18 kişi is gazidan vafot etgani haqida xabar berilgandi. Uskunalar mamlakatga noqonuniy olib kirilgani, ularning ayrim qismlari talabga javob bermaydigan materiallar bilan almaştirilgani aniqlandi.